So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  31 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

APL. "Manchester Siti" mehmonda "Arsenal"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" mehmonda "Arsenal"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi

Angliya Premer-ligasi 17-tur doirasida "Arsenal" va "Manchester Siti" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

"Arsenal" - "Manchester Siti" 0:3

Gollar: Kevin De Bryuyne (2, 40), Rahim Sterling (15)

"Arsenal": Leno, Papastatopulos, Kolashinac (Saka), CHembers, Meytlend-Naylz, O'zil (Imil Smit-Rou), Genduzi, Pepe, Torreyra (Uillok), Martinelli, Obameyang.

"Manchester Siti": Ederson, Otamendi, Mendi (Zinchenko), Uoker, Fernandino, Gyundogan (Mahrez), Foden (B. Silva), de Bryuyne, Rodri Ernandes, Sterling, Gabriel Jezus.


Arsenal

Premier League . 17-tur

15/12/2019, 21:30

3
:
0
Tugadi

Manchester City

Kevin De Bruyne - 2', Raheem Sterling - 15', Kevin De Bruyne - 40'

Stadion: Emirates Stadium, 60031 tomoshabin

Bosh hakam: Paul Tierney

45'
90'
40'  Sead Kolasinac (Bukayo Saka)
59'  Mesut Ozil (Emile Smith Rowe)
72'  Sokratis Papastathopoulos
81'  Lucas Torreira (Joseph Willock)
2'  Kevin De Bruyne
2'  Gabriel Jesus
15'  Raheem Sterling
17'  Fernandinho
35'  Rodri
40'  Kevin De Bruyne
40'  Phil Foden
56'  Phil Foden (Bernardo Silva)
61'  Ilkay Gundogan
62'  Benjamin Mendy
70'  Ilkay Gundogan (Riyad Mahrez)
85'  Benjamin Mendy (Oleksandr Zinchenko)


O'YIN YAKUNLANDI

90+1. Rahim Sterling o'yindagi ikkinchi golini urishi mumkin edi, ammo uning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

90. Bosh hakam o'yinning ikkinchi bo'limiga 3 daqiqa qo'shib berdi.

88. "Arsenal" onlayn jadvalda 9-o'ringa joylashishgan.

85. "Siti"da so'nggi o'zgarish: Zinchenko Mendini almashtirdi.

85. "Arsenal" muxlislari maydonni erta tark etishmoqda...

81. "Arsenal"ning urugvaylik futbolchisi Torreyra o'z o'rnini Uillokka bo'shatib berdi.

- O'zilning zaxiraga olinganidan keyingi holati

73. "Arsenal" himoyachisi Sokratis Papastatopulos qo'pol harakati uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

70. Riyod Mahrez maydonga tushirildi, u Ilkay Gyundoganni almashtirdi.

68. Ha, "Arsenal" taqdirga tan bergan ko'rinadi. "Arsenal" o'rniga "Siti" ketma-ket hujumlarni tashkil etmoqda.

62. "Siti"da navbatdagi sariq. Benjamen Mendi hakam tomonidan ogohlantirildi.

62. "Arsenal" to'rtinchi goldan qutulib qoldi. Jezus birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi va hisob o'zgarishsiz qoldi.

61. "Siti"da uchinchi sariq. Bu safar Ilkay Gyundogan ogohlantirildi.

59. "Arsenal"da ham o'zgarish: Mesut O'zil maydonni tark etdi, uning o'rniga 19 yoshli Imil Smit-Rou tushirildi.

56. "Siti"da o'zgarish: Bernardu Silva maydonga tushirildi, u Fil Fodenni almashtirdi.

51. Maydon egalari ikkinchi bo'limni ko'tarinki kayfiyatda boshlashdi. "To'pchilar" tezroq hisobni qisqartirishga harakat qilishmoqda.

48. "Arsenal" hisobni qisqartirishi mumkin edi. Jarima maydonchasi ichiga oshirilgan to'pni Obameyang boshi bilan raqib darvozasiga yo'lladi, biroz noaniq.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

- Birinchi taymdan olingan suratlarni tomosha qiling.

TANAFFUS

46. O'yinning birinchi bo'limiga hakam tomonidan 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. Uxxxx! Hisob yanada yiriklashib ketishi mumkin edi. Ha, yana De Bryuyne golga yaqin keldi, ammo Leno o'ta murakkab vaziyatda jamoasini goldan qutqarib qoldi.

40. Bakayo Saka jarohat olgan Sead Kolashinacning o'rniga maydonga tushirildi.

40. Kevin De Bryuyne!!! Belgiyalik futbolchi bu safar jarima maydonchasi tashqarisidan Leno darvozasini ishg'ol qildi. Zarba juda mukammal chiqdi. Birinchi taymning o'zida 0:3 (!)

39. "Arsenal" safida yo'qotish. Sal oldin Rodrining qo'polligidan so'ng jarohat olgan Sead Kolashinac o'yinni davom ettira olmaydigan bo'ldi.

35. Rodri "Arsenal"ning xavfli hujumini to'xtatib qolgani uchun sariq kartochka bilan "siylandi".

34. Bugun har qanday hisob qayd etilmasin "Manchester Siti" 3-o'rinda qoladi. Agar "shaharliklar" g'alabani saqlab qolishsa, "Lester" bilan o'rtadagi farq 4 ochkoni tashkil etadi.

27. Xavfli zarba! Jarima maydonchasi tashqarisida to'pni egallab olgan "Arsenal" o'yinchisi Matteo Genduzi kuchli zarba bilan Ederson darvozasiga zarba yo'lladi. Ammo, "Siti" futbolchilari qiyinchilik bilan ushbu to'pni qaytarib qolishdi.

22. Ha, "Arsenal" to'pga egalik qilish bo'yicha kichik ustunlikka ega, ammo mezbonlar raqib jarima maydonchasi oldidan deyarli xavfli vaziyatlar yarata olishmayapti.

17. O'yindagi ilk sariq kartochka "Manchester Siti" o'yinchisi Fernandinoga ko'rsatildi.

15. GOOOOOOLLL!! Keviiiiin De Bryuyne. Aynan uning uzun pasidan so'ng Sterling deyarli bo'sh darvozani osongina ishg'ol qildi. 0:2

12. Maydon egalari hozircha 2ta zarba berishdi, "Siti"ning yagona zarbasi esa golga aylandi.

6. "To'pchilar" tezkor gol o'tkazib yuborganlaridan keyin to'pni o'zlarida ushlashga va nazorat qilishga harakat qilishmoqda.

2. GOOOOOOOL!!! Gabriel Jezus jarima maydonchasi ichida to'pni De Bryuynega etkazib berdi. Belgiyalik futbolchi esa kuchli zarbasi bilan "Arsenal" darvozasini ishg'ol qildi.

1. O'yinning ilk soniyalaridayoq mezbonlar xavfli vaziyat sodir etildi. Martinelli hisobni ochishi mumkin edi, ammo Ederson to'pni qaytarib qoldi.

1. O'yin boshlandi!

- Assalom aleykum "Championat.asia" kuzatuvchilari. Tez orada boshlanadigan APL doirasidagi qiziqarli kechishi kutilayotgan "Arsenal" va "Manchester Siti" jamoalari o'rtasidagi o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика