"Arsenal" hozir hech qaysi jamoadan qo'rqmaydi" - SHirer
26 jan 2023 14:21
Yangiliklar


"Arsenal" hozir hech qaysi jamoadan qo'rqmaydi" - SHirer
Angliya terma jamoasi va "Nyukasl" klubi sobiq futbolchisi Alan SHirer "Arsenal"ning "Manchester Yunayted" ustidan qozongan g'alabasini (3:2) yuqori baholadi.
"Mikel Arteta jamoasi muhim raqib ustidan qozonilgan g'alabani nishonladi. Endi ular qo'rqmaydilar. Futbolchilar maydonda taktik jihatdan barkamol va ajoyib futbol namoyish etishmoqda", – dedi SHirer.
O'tkazilgan 19 ta o'yindan so'ng "Arsenal" 50 ochko jamg'arib, musobaqa jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar