"Arsenal" himoyachisi jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi
20 fev 15:19
Yangiliklar


"Arsenal" himoyachisi jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi
"Arsenal" himoyachisi Takexiro Tomiyasu o'ng oyog'i tizzasidagi jarohati tufayli jarrohlik stoliga yotdi.
Bu haqida klubning rasmiy saytida xabar berildi.
Dastlabki muolaja ishlari avgust oyida o'tkazilgandi, natijada, u mashg'ulotlarga qaytgan va oktyabr oyida APL doirasidagi "Sautgempton"ga qarshi bahsda maydonga ham tushgandi. Biroq tizzasidagi og'riqlar hech qaerga yo'qolmagan va yana bir bor jarrohlarga murojaat qilishga to'g'ri kelgan.
Endi futbolchi tiklanish va reabilitaciya jarayonini boshdan o'tkazadi. Dastlabki malumotlarga ko'ra, Tomiyasu yil oxirlariga maydonga qaytishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar