"Arsenal" grandlar bilan Adeyemi uchun kurashadi

Alisher
22 noya 2021, 11:30
Tajribali nemis forvardi Karim Adeyemi navbatdagi Yevropa klubi short-listiga tushdi.

"Zalcburg" hujumchisiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Kanonirlar" rahbariyati Adeyemiga londonliklar bilan shartnoma muddati yakunlanayotgan Aleksandr Lyakazettga o'rinbosar sifatida qarashmoqda. Futbolchi uchun shuningdek PSJ va ispan grandlari da'vogarlik qilmoqda.

Adeyemi joriy mavsum Avstriya chempionati doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Mirror