"Arsenal" Genduzini "Marsel"ga yuboradi
06 iyu 2021 11:55
Yangiliklar
"Arsenal" Genduzini "Marsel"ga yuboradi
"Marsel" "Arsenal" yarim himoyachisi Matteo Genduzining ijarasi borasida kelishuvga erishdi.
Francuzlar buning uchun 1 million evro to'lashadi. Bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda.
Bitimda 10 million evroga ehtimoliy xarid qilish huquqi bo'ladi, bu band agar shartlar bajarilsa, majburiy faollashtirilishi kerak. Bitim haqida rasman tez orada xabar qilinadi.
Genduzi o'tgan mavsum "Gerta"da ijara asosida o'ynadi. Yarim himoyachi Germaniya chempionati doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Fikrlar