"Arsenal" futbolchisi jarohat oldi
13 may 2022 13:25
Yangiliklar
"Arsenal" futbolchisi jarohat oldi
"Arsenal" himoyachisi Gabriel jarohati sabab "Tottenxem"ga qarshi o'yinni oxirigacha o'tkaza olmadi.
24 yoshli braziliyalik 76-daqiqada jarohat oldi va shu zahoti uning o'rnini Nunu Tavaresh egalladi.
Jarohat tafsilotlari va o'yinchining tiklanish muddati keyinroq malum bo'ladi.
Gabriel joriy mavsum APL doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.
Fikrlar