"Arsenal" franciyalik futbolchi bilan hamkorlikni davom ettiradi
19 mar 2020 22:54
Yangiliklar
"Arsenal" franciyalik futbolchi bilan hamkorlikni davom ettiradi
London klubi yarim himoyachi Matteo Genduzi bilan yangi shartnoma imzolash niyatida.
"To'pchilar" rahbariyati francuz futbolchisiga 2025 yilga qadar mo'ljallangan yangi kelishuv taklif qiladi. Bu haqida "La Gazzetta dello Sport" nashri sobiq jurnalisti, bugungi kunda "Transfermarkt" portalida ekspert sifatida faoliyat olib borayotgan Nikolo Skira malum qildi. London klubi mutasaddilari allaqachon 20 yoshli yarim himoyachining agentlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Malumot uchun, APLning joriy mavsumida 22 o'yinda maydonga tushgan Genduzi ikki bor jamoadoshlarining gollariga hammualliflik qilgan.
Fikrlar