"Arsenal" darvozasiga urilgan gol fevralda eng yaxshi deb topildi

Aslanov Jasurbek
10 mar 2017, 16:34
Angliya Premer-ligasining rasmiy sayti turnirning fevral oyidagi eng yaxshi golini e'lon qildi.

4 fevral kuni APLning 24-tur uchrashuvlari qatoridan joy olgan "Chelsi" - "Arsenal" uchrashuvida kiritilgan gol o'tgan oyning eng yaxshisi deb topildi. Bahsdagi ikkinchi golga mualliflik qilgan Eden Azar ushbu sovrinni qo'lga kiritdi.


Kiritilgan golni Telegram orqali ko'chirib olish mumkin: TELEGRAM

Avvalgi oylarda eng yaxshi deb topilgan gollar mualliflari:

Avgust - Kristian Stuani ("Midlsbro")

Sentyabr - Jordan Xenderson ("Liverpul")

Oktyabr - Dmitri Payet ("Vest Xem")

Noyabr - Pedro ("Chelsi")

Dekabr - Genrix Mxitaryan ("Manchester Yunayted")

Yanvar - Endi Kerroll ("Vest Xem")


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia