“Arsenal” CHempionship to'purarini sotib olmoqchi
06 mar 2021 01:55
Yangiliklar


“Arsenal” CHempionship to'purarini sotib olmoqchi
“Brentford” forvardi Ivan Toni yozda boshqa klubga o'tishi mumkin.
Football London manbasiga ko'ra, 24 yoshli inglizga “Arsenal” qiziqmoqda. Toni joriy mavsum CHempionshipda 33 o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urgan holda musobaqa to'purari bo'lib turibdi. SHuningdek, uning hisobida 9 ta assist ham bor.
“To'pchilar” bilan birga “Vest Xem” ham forvardni kuzatmoqda. “Brentford” uning transferidan 35 mln evro ishlab olmoqchi. Biroq, Transfermarkt portalida futbolchining narxi 10 mln evro qilib ko'rsatilgan
Ivan Toni 2015/16 yilgi mavsum “Nyukasl”da o'ynagan va APLda 2 ta uchrashuv o'tkazishga ham erishgandi.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 22

Fikrlar