So’nggi yangiliklar

00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:36"Фонтене" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:51"Ювентус" — "Рома". Таркиблар маълум  6 23:48"Реал" — "Севилья". Таркиблар маълум  23 23:46"Эвертон" — "Арсенал". Таркиблар маълум  4 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

"Arsenal" - "CHelsi". Prevyu Yangiliklar

"Arsenal" - "CHelsi". Prevyu

Angliya Superkubogi uchun o'yinida Londonning "Arsenal" va "CHelsi" klublari to'qnash kelishadi.

Bugun Londondagi "Uembli" stadionida Angliya Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tadi. Unda Joze Mourino va Arsen Venger boshchiligidagi jamoalar o'zaro kuch sinashishadi.

Statistika. Oxirgi 5ta o'yinda Arsenal CHelsi darvozasiga bironta gol ura olmagan, Angliyaning amaldagi chempionlari esa 400 daqiqa ichida kanonirlar darvozasiga 10ta gol urishdi. 2013/2014 yilgi mavsumda ko'klar raqibni 6:0 hisobida tor-mor etishgandi.   

So'nggi bor CHelsi Superkubokda Arsenalga qarshi (2:1) 2005/2006 yilgi mavsumda o'ynagan. O'shanda Joze Mourino boshchiligidagi jamoa Dide Drogbaning dubli evaziga kubokni qo'lga kiritgandi. O'sha bahsda Arsenal safida o'ynagan Fransesk Fabregas ko'klar darvozasiga to'p kiritgandi.   
21-asrda CHelsi 7 marta Angliya Superkubogi uchun o'yinda qatnashib 3 marta g'alaba qozondi. So'nggi bor 2009 yilda Karlo Anchelotti boshchiligidagi ko'klar Manchester Yunaytedni penaltilar seriyasida mag'lub etgandi (4:1).



Qiziqarli faktlar:

- Angliya kubogi sohiblari oxirgi yillarda Superkubokda kam g'alaba qozonishgan. O'tgan yil Arsenal Manchester Sitini taslim qilgan - 3:0;

- Arsenalning CHelsiga qarshi o'yinlardagi golsiz seriyasi 482 daqiqani tashkil etmoqda;

- Arsenalning yangi Uemblidagi g'alabali seriyasi 4ta o'yinni tashkil etmoqda, CHelsi bu stadiondagi 13ta o'yinning 7tasida zafar quchgan;

- Angliya Superkubogi uchun o'yinlardagi so'nggi ikki qizil kartochka egalari CHelsi va Arsenal futbolchilari hisoblanadi. Branislav Ivanovich 2012 yilda, Fransis Jeffers esa 2003 yilda qizil kartochka olgan edi.



Angliya Superkubogi. Arsenal – CHelsi

Taxminiy tarkiblar:

"CHelsi": Kurtua – Ivanovich, Terri, Kexill, Aspilikueta – Matich, Fabrgeas – Villian, Oskar, Azar – Remi.

"Arsenal": CHex – Belerin, Koselni, Mertezaker, Monreal – Remsi, Koklen – Oksleyd-CHemberlen, Ozil, Kasorla – Jiru.

Diskvalifikaciya qilinganlar: yo'q

Jarohatlanganlar: Denni Uelbek


2 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:55da boshlanadigan ushbu uchrashuvni saytimiz hamkori bo'lgan aleziya.com sayti (TAS-IX hududida) orqali tomosha qilish mumkin. Bundan tashqari saytimiz orqali bu o'yin matnli translyaciya qilinadi. 


O'yinga bag'ishlangan videoprevyuni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin.
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика