"Arsenal" bosh murabbiyi 5:0 hisobidagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi
25 sen 2019 12:34
Yangiliklar


"Arsenal" bosh murabbiyi 5:0 hisobidagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri Angliya Liga Kubogi 3-bosqich doirasidagi "Nottingem Forest" (5:0)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz bu musobaqada yaxshi ishtirok etmoqchimiz. Bu o'yin oldingi o'yinlarda kam maydonga tushgan futbolchilarni o'ynatish uchun yaxshi imkoniyat yaratdi.
"Forest" CHempionshipda yaxshi o'yin ko'rsatadi va shu sababdan biz to'liq kuch bilan harakat qilishimiz kerak edi", - deydi Emeri.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" va "Nottingem Forest" jamoalari o'rtasidagi o'yin londonliklarning 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Emeri 2018 yildan buyon "Arsenal"da faoliyat yuritib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar