"Arsenal" "Borussiya" himoyachisiga qiziqmoqda

Alisher
19 may 2020, 18:30
Ispaniyalik mutaxassis Mikel Arteta mudofaa chizig'ini kuchaytirmoqchi.

"Arsenal" Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi himoyachisi Niko Elvedining xizmatlariga qiziqmoqda.

Transfermarkt futbolchini 22 million evroga baholagan. "Borussiya" Elvedini 2015 yilda "Cyurix"dan atigi 4 million evroga xarid qilgan edi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com