"Arsenal" "Benfika" futbolchisini 8 million evro evaziga xarid qiladi
03 iyu 2021 11:02
Yangiliklar
"Arsenal" "Benfika" futbolchisini 8 million evro evaziga xarid qiladi
"Benfika" himoyachisi Nunu Tavaresh faoliyatini APLda davom ettiradi.
Portugaliyalik futbolchi "Arsenal"ga o'tadi. Barcha hujjatlarga qo'l qo'yilgan, bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.
SHartnoma 2026 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Tavareshning transferi "kanonirlar"ga bonuslarsiz 8 million evroga tushadi.
21 yoshli himoyachi "Benfika" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Fikrlar