"Arsenal" asosiy futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
01 mar 2022 00:35
Yangiliklar
"Arsenal" asosiy futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Arsenal" vingeri Bukayo Saka London klubida qolishi kutilmoqda.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, 20 yoshli angliyalik futbolchi klubi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni olib bormoqda.
Sakaning amaldagi kelishuvi 2024 yilga qadar davom etadi. Ushbu mavsumda Saka barcha turnirlarda 29 o'yinda qatnashib, 8 gol va 4 assist qayd etdi.
Fikrlar