"Arsenal" 7 yil ichida ilk bor APLni "Tottenxem"dan yuqori pog'onada yakunlaydi
22 apr 2023 08:22
Yangiliklar


"Arsenal" 7 yil ichida ilk bor APLni "Tottenxem"dan yuqori pog'onada yakunlaydi
"Arsenal" 7 yil ichida birinchi marotaba Premer-Ligani "Tottenxem"dan yaxshiroq natija bilan tugatadi.
Mikel Arteta jamoasining "Tottenxem" bilan farqi 22 ochkoni tashkil etadi. "SHporlar"ning ligada 7 ta o'yini qolgan. Agar ular 7 ta o'yinning barchasida g'alaba qozonishsa ham, "Arsenal"ga etib olish imkonsiz.
"Arsenal" so'nggi marotaba 2015/16 yilgi mavsumda principial raqiblarini ortda qoldira olishgandi. O'shanda "Arsenal" 2, "Tottenxem" esa 3-o'rinda mavsumni tugatgandi.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 26
12:17
"Tottenxem" media olami vakillaridan ularni "Tottenxem Xotspur" yoki "shporlar" deb atashini so'radi 5

Fikrlar