So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  18 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

"Arsenal" 25 futbolchi bilan Avstraliyaga uchib ketdi (foto) Yangiliklar

"Arsenal" 25 futbolchi bilan Avstraliyaga uchib ketdi (foto)

"Arsenal"ning 25 futbolchidan iborat delegaciyasi mavsumoldi yig'in va nazorat uchrashuvlari o'tkazish uchun Avstraliyaga uchib ketdi.

"To'pchilar" Avstraliyadagi mashg'ulotlardan so'ng, Xitoyga yo'l olishadi.

"Everton" va "Marsel" qiziqish bildirayotgan 30 yoshli hujumchi Olive Jiru ham ushbu tarkibda bor.

SHu bilan birga, 25 futbolchi orasida 52 mln. funtga xarid qilingan Aleksandr Lyakazett va Arsen Venger bilan kelisha olmay qolganligi haqida xabar chiqqan yarim himoyachi Mesut Ozil ham borligini ko'rish mumkin.


"Arsenal"ning 25 futbolchidan iborat delegaciyasi



"Everton" va "Marsel" nishoni bo'lgan Olive Jiru "Arsenal"ning yangi qalpog'idan hayratda



"Arsenal" uchun rekord - 52 mln. funtga xarid qilingan Aleksandr Lyakazett va darvozabon Petr CHex


Jamoaga Lyakazett qo'shilganidan so'ng, Jiruning klubdagi kelajagi so'roq ostida, ammo oldinroq, futbolchining o'zi "to'pchilar" safida qolib, asosiy tarkib uchun kurashishini elon qilgan edi.

"Manchester Siti"ga o'tishi aytilayotgan Aleksis Sanches va Germaniya terma jamoasi himoyachisi SHkordan Mustafi Konfederaciyalar Kubogida ishtirok etgani uchun qo'shimcha tatil kunlari olishdi. Lukas Peres esa "Deportivo" bilan muzokara olib borayotgani tufayli, Avstraliyaga uchmadi.

"Arsenal" yangi futbolchisi Sead Kolashinac Dubay orqali "Yashil qita"ga yo'l oladi. Mate Debyushi, Kiran Gibbs va Karl Jenkinson yig'inga uchayotganlar orasida ko'rinmadi, demak, ular jamoani tark etishi mumkin.


Himoyachi Nacho Monreal "Military" uslubida ishlangan "Arsenal"ning beysbolkasini kiyib ko'rmoqda



Teo Uolkott safardan oldin do'stlari bilan selfiga tushmoqda


Ektor Belerin, Kalum CHembers va Rob Xolding 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Evropa chempionatida ishtirok etgani tufayli qo'shimcha tatil olishdi. Jek Uilsher va Gabriel jarohatini davolayotgani sabab, ular ham chet el yig'inidan chetda qolishdi.

"To'pchilar" ustozi Arsen Venger asosiy jamoa tarkibida yig'inga bora olmaydiganlar o'rniga, 25 kishilik tarkibga yoshlar jamoasidan Jo Uilok, Kristian Bilik, Eynsli Meytlend-Nayls, Eddi Nketiya, Reys Nelson va Donell Malenni qo'shib oldi.

Seshanba kuni "Arsenal" Avstraliya chempionati ishtirokchisi "Sidney"ga qarshi bahs oldidan matbuot-anjumanida ishtirok etadi. Ushbu uchrashuv ANZ stadionida bo'lib o'tadi. "To'pchilar" shanba kuni "Vestern Sidney Uondererz" bilan kuch sinashishadi.

Klub yakshanba kuni Xitoyga yo'l oladi va bir necha kun ichida "Bavariya" hamda "CHelsi" bilan bahs o'tkazadi.


"Arsenal" futbolchilari uchun sovg'a qilingan maxsus quloqchinlar



"Arsenal" sardori Per Mertezaker bortda



Jiru Loran Koselni kiygan beysbolkaning ko'rinishiga baho bermoqda


"Arsenal"ning mavsumoldi tayyorgarlikdan o'tkazadigan bahslari jadvali:

13 iyul - "Sidney" (ANZ" stadioni, Sidney)

15 iyul - "Vestern Sidney Uondererz" (ANZ" stadioni, Sidney)

19 iyul - "Bavariya" ("SHanxay" stadioni, SHanxay)

22 iyul - "CHelsi" ("Bird's Nest Stadium", Pekin)

29 iyul - "Benfika" ("Emireyts" stadioni)

30 iyul - "Sevilya" ("Emireyts" stadioni)

6 avgust - "CHelsi" ("Uembli" stadioni - Angliya Superkubogi)



Denni Uelbek ham 25 futbolchining orasida



Nacho Monrealga Puma ishlab chiqargan beysbolka yoqib qolgan ko'rinadi



Futbolchilarga berilgan sumkalar ham "Military" uslubida

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика