"Arsenal" 2022 yilda ilk marotaba g'alaba qozondi

Aziz Tukhtamuradov
11 fev 2022, 09:58
"Arsenal" APLning 24-turi doirasida "Vulverxempton"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Bu orqali Mikel Arteta jamoasi beshta o'yindan iborat g'alabasiz seriyaga chek qo'ydi. 

Jamoa 1 yanvardan keyingi o'yinlarda 3 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgandi. 

Kecha nihoyat "Arsenal" g'alabaga erisha oldi. 

Endi "kanonirlar" 19 fevral kuni "Brentford"ga qarshi bahs olib borishadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta Sports