"Arsenal" 17 yoshli darvozabon bilan shartnoma tuzdi
09 may 2019 20:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/494747_original.jpg)
![](/upload/storage/494747_220.jpg)
"Arsenal" 17 yoshli darvozabon bilan shartnoma tuzdi
Londonning "Arsenal" klubi estoniyalik posbon Karl Xeyn bilan kelishuvga erishdi.
17 yoshli futbolchi o'tgan yili Estoniyaning "Nim Yunayted" jamoasidan "kanonirlar" safiga qo'shilgan edi. Joriy mavsum Karl "Arsenal"ning U-18 klubida 6 ta o'yin o'tkazdi va 1 marotaba darvozasi dahlsizlini saqlab qoldi.
Bugun Xeyn birinchi professional shartnomasini imzoladi. U Unai Emeri boshqarayotgan klubda 2022 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Eslatib o'tamiz, estoniyalik sobiq kiper Mart Poom 2005-2007 yillarda "Arsenal" sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar