Arsen Venger: "Uilshir tanqidlarga etibor bermasligi kerak"
22 avg 2014 12:41
Yangiliklar
Arsen Venger: "Uilshir tanqidlarga etibor bermasligi kerak"
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Vengerning hisoblashicha, yarim himoyachi Jek Uilshir tanqidlarni unutishi kerak.
Mutaxassisning fikricha, Uilshir optimal formasini bir maromda ushlab tura olsa, u o'z iqtidorini namoyon qila oladi.
"U tanqidlarga etibor bermasligi kerak deb o'ylayman. U o'z o'yiniga nazar tashlashi kerak. Agar Uilshir optimal formasini bir maromda ushlab tura olsa, faoliyatini ajoyib olib boradi. Mana u nima haqida o'ylashi kerak. Qolgani yaxshi jismoniy holati bilan birga bo'ladi. U butun mavsumni bir muvozanatda o'tkazishi kerak. Iqtidorli futbolchi 22 yoshga to'lganida, undan ko'p narsa kutishadi. Bu narsalarni Ueyn Runi o'z boshidan o'tkazgan, hozir esa Uilshir shu yo'ldan borishi kerak. U jarohatlar tufayli ko'pchilik kutgandek tez o'sayotgani yo'q. Ammo u ko'p ishlayapti" - deydi Venger.

Fikrlar