Arsen Venger: "Menga penalti bor edi deyishdi"
10 sen 2016 22:52
Yangiliklar
Arsen Venger: "Menga penalti bor edi deyishdi"
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger APL 4-turi doirasida "Sautgempton" ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) haqida gapirib o'tdi.
"Hakamning final hushtagidan so'ng o'zimni engil his qildim, chunki biz oldinroq ikki yoki uchta to'p kiritishimiz kerak edi. Menga penalti bor edi deyishdi, lekin hali o'sha vaziyatning video takrorini ko'rganimcha yo'q. Kasorla zarbadan oldin pauza qildi va ruhiy ustunlikni o'zi tomonga og'dirdi", - deya Vengerning so'zlaridan iqtibos keltirdi "VVS".
Fikrlar