Arsen Venger: “Kelajagim borasida chorshanba yoki payshanba kuni aniq qaror qabul qilinadi”
28 may 2017 00:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/256192_original.jpg)
![](/upload/storage/256192_220.jpg)
Arsen Venger: “Kelajagim borasida chorshanba yoki payshanba kuni aniq qaror qabul qilinadi”
“Arsenal” ustozi Arsen Venger Angliya kubogi finalida “CHelsi” ustidan (2:1) qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Biz
dastlabki daqiqalardanoq ajoyib harakat qildik. Jamoa maydonda ahilligini va
g'alaba uchun borini bera olishini namoyish etdi. O'tgan haftada aytib o'tgandim: biz
yuqori pog'onalarda bo'lishimiz uchun bir yoki ikkita yaxshi xarid lozim. Bugun
yigitlar ajoyib o'yin namoyish etishdi.
Men Angliya kubogida etti marta g'olib chiqqanligim bilan faxrlanaman. Bu va
birorta mag'lub bo'lmay qo'lga chemionlikni qo'lga kiritganim (2003-2004 yilgi
mavsum) menga faxr bag'ishlaydi.
Kelajagim? Seshanba kuni direktorlar kengashi yig'ilishi o'tkaziladi. CHorshanba yoki payshanba kuni barcha savollarga oydinlik kiritiladi”, deydi Venger.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar