So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  17 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  5 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  11 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Arsen Venger: “Gap-so'zlarga etibor qilmasdan maydonda o'zimizni ko'rsatishimiz lozim” Yangiliklar

Arsen Venger: “Gap-so'zlarga etibor qilmasdan maydonda o'zimizni ko'rsatishimiz lozim”

Teglar :  Arsen VengerArsenal
“Arsenal” ustozi Arsen Venger jamoasining Angliya kubogi chorak finalida “Linkoln Siti” ustidan (5:0) qozonilgan g'alabadan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Biz yaqindagina muxlislarimizni qattiq ranjitdik. SHu sabab yana “Uembli”ga borib, g'alaba qozonish niyatidamiz. CHempionlar ligasidagi mag'lubiyatdan keyin ruhiy tomonlama o'zimizga kelib olishimiz oson emasdi. Keling men haqimda gaplashmaylik, chunki oxirgi kunlarda bu haqda ko'p gapirildi. Men butun umrim mobaynida ushbu klubga borimni berib ishlab keldim. Bu qancha vaqt davom etadi? Hozircha buni bilmayman. Jamoamga borlig'imni baxsh etganman.

Men o'z ishimga etiborliman va boshqalarga ishimni baholashga imkon beraman. Dam olish haqida ko'p o'ylamayman, chunki bir o'yin tugashi bilan xayolim keyingi uchrashuvda bo'ladi.

Bizni xavotirga solgan jihat shundaki, bugungi raqibimiz “Bernli”, “Ipsvich” va “Brayton” singari jamoalarni kubok bahslaridan chiqarib yuborishga erishgandi. SHu sabab ularga hurmat bilan qarash lozim edi. Ikkinchi bo'limda tashabbus to'liq biz tomonda bo'ldi. Ammo raqibni kubok bahslarining ushbu bosqichiga etib kelganiga yuqori baho berish lozim. Bizga oxirgi uchrashuvdagi natijadan keyin biroz ishonch etishmadi. Jamoa o'z kuchiga ishona boshlagach, o'yin sifati ham o'sdi.

Odamlar gapiradi, gapiraveradi. Bu ular haqiqatni gapiradi, degani emas. Biz bunga ko'nikishimiz va maydonga chiqib, o'z ishimizni qilishimiz lozim. Mayliga insonlar bizni muhokama qilishsin, biz esa yashil maydonda o'z “yuzimiz”ni namoyish etaylik.

“Linkoln Siti” - juda uyushqoq jamoa.  Ular nima qilish lozimligini juda yaxshi tushunib turishgandi. O'yindan keyin murabbiyning futbolchilarga bo'lgan munosabatini shunchaki olqishlash lozim. U juda yaxshi ishlamoqda.

Qachonki bizda muammolar yuzaga chiqa boshlasa, men ularni bartaraf etish ustida bosh qotiraman. Men xar doim kurashga chanqoqman va muammolarni hal qilishga urinaman”, deydi Venger. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика