Arsen Venger: “Arsenal”ga kamida yana bitta o'yinchi kerak”
31 jan 2014 15:40
Yangiliklar


Arsen Venger: “Arsenal”ga kamida yana bitta o'yinchi kerak”
“Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger, klub qishki transferlar oynasi yopilguncha kamida yana bitta o'yinchini o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rishini takidladi.
Uning so'zlariga qaraganda jamoaga maydon markazini boshqara oladigan o'yinchi kerak.
- “Arsenal”ga kamida yana bitta o'yinchi kerak. Remsi jarohat olgan, Flamini esa diskvalifikaciya qilingan. SHuning uchun jamoaga yarim himoyachi kerak, - Vengerning so'zlarini keltiradi “kanonirlar” rasmiy tvitteri.
Eslatib o'tamiz, talab etilayotgan narxning qimmatligi sababli “Arsenal” “SHalke” yarim himoyachisi Yulian Drakslerni sotib olishni istamadi (37 million funt).

Fikrlar