Arsen Venger: “Arsenal” juda bemalol o'ynadi
23 fev 2018 09:25
Yangiliklar


Arsen Venger: “Arsenal” juda bemalol o'ynadi
“Kanonirlar” bosh murabbiyi “Estersund”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
Birinchi bo'limda bizda tezlik va vaziyat sodir etish bilan bog'liq muammolar bo'ldi. Jamoa juda ham bemalol edi, shu bilan birga diqqat-etibor ham bir joyda emasdi. Ikkinchi bo'lim esa birinchisidan biroz yaxshi o'tdi. “Arsenal” yana bir nechta gol urishi shart edi. Ammo baribir ham biz vaziyatni nazorat qilib turdik. Jamoada hech qanday g'oya yo'q edi, shu sababdan bizda muammolar bo'ldi. To'pni yo'qotganimiz zahoti bizda ochiq hududlar paydo bo'lib qoldi. Umuman olib qaraganda esa biz paydo bo'lgan muammolarni nazorat qila oldik va keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshigina ish qila oldik, — deydi Arsen Venger.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar