Arsen Venger: “Anri - “Monako” uchun eng yaxshi tanlov!”
14 okt 2018 07:49
Yangiliklar
Arsen Venger: “Anri - “Monako” uchun eng yaxshi tanlov!”
Londonning “Arsenal” klubi sobiq ustozi Arsen Venger Terri Anrining “Monako” bosh murabbiyi etib tayinlanishiga munosabat bildirdi.
“Terri -“Monako” uchun eng yaxshi tanlov! Unga bo'lgan ishonch yuqori, u juda ham aqlli va eng muhimi futbolni yaxshi tushunadi. Lekin murabbiylik faoliyatining boshlang'ich davrida oson bo'lmasligi aniq. Omadsiz o'yinlar bo'ladi. Murabbiylikda o'zing uchun ko'p narsalardan voz kechishingga to'g'ri keladi”, - deya Vengerning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.
Etiborlisi, Anri aynan “Monako” klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Francuz futbolchisi 1994 yildan 1999 yilgacha aynan manegaskliklar sharafini himoya qilgan. Anri ilk bor bosh murabbiy sifatida ishlaydi. Ungacha u “Arsenal” klubi hamda Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar