Aron Remzi yana bir yarim oy maydonga tushmaydi
29 jan 2014 10:32
Yangiliklar


Aron Remzi yana bir yarim oy maydonga tushmaydi
“Arsenal” klubining uelslik yarim himoyachisi Aron Remzi jarohati tufayli yana bir yarim oy maydonga tushmaydi.
Eslatib o'tamiz, dekabr oyining oxirida futbolchi “Vest Xema”ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Tiklanish jarayoni esa ko'ngildagidek borayotgan edi, biroq yaqinda o'yinchi oyog'ida og'riq sezgan. Tibbik ko'rik natijasi esa Remsining davolanishi yana 6 haftagacha cho'zilishi takidlagan.

Fikrlar