Arnautovich ham Fabregasning shogirdiga aylanishi mumkin
01 avg 2024 21:02
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/797793_original.jpg)
![](/upload/storage/797793_220.jpg)
Arnautovich ham Fabregasning shogirdiga aylanishi mumkin
"Inter" futbolchisi Marko Arnautovich "Komo"ga o'tishi mumkin.
Oldinroq "neradzurri" 35 yoshli hujumchini 5 mln evroga sotib yuborishga tayyorligi borasija malumotlar tarqagandi. "Il Giorno" malumot berishicha, Marko ayni kunlarda Komo shahrida ko'rinish bergan. Iyul oyida "Komo" jamoasi bosh murabbiyligini Sesk Fabregas qo'liga olgandi.
Garchi, "Komo" so'nggi kunlarda faol tarzda hujumchi izlayotgan bo'lsa-da, futbolchi va klub o'rtasida uchrashuv bo'lgani ham tasdiqlanganicha yo'q.
Ayni paytda "Komo" hujum chizig'ini kuchaytirish yo'lida "Panatinaikos"dan Aytor Kantalapedra, shuningdek, erkin agentlar Antoni Marsyal va Memfis Depay nomzodlarini ham ko'rib chiqmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar