Arias va Diego Kosta koronavirusga chalindi
04 sen 2020 00:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/590443_original.jpg)
![](/upload/storage/590443_220.jpg)
Arias va Diego Kosta koronavirusga chalindi
Bugun "Atletiko"ning barcha futbolchilari koronavirusga test topshirdi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, faqatgina ikki nafar futbolchida koronavirus aniqlangan. Kasallik belgilari kuzatilgan hujumchi Diego Kosta hamda himoyachi Santyago Arias izolyaciyaga olingan. Ular dam olish vaqtida infekciyani yuqtirib olgan bo'lishi kutilmoqda. Madrid klubi esa ertadan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashini inobatga olsak, ikki futbolchi tayyorgarlikning dastlabki bosqichida qatnashmaydi.
O'tgan mavsumda "Atletiko" Ispaniya chempionatida uchinchi o'rinni egalladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar