Ari raqibiga Zidan uslubida zarba bergani uchun 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
22 avg 2018 16:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/449885_original.jpg)
![](/upload/storage/449885_220.jpg)
Ari raqibiga Zidan uslubida zarba bergani uchun 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
"Krasnodar" hujumchisi Ari "Spartak"ka qarshi Rossiya Premer-ligasi uchrashuvida (0:1) chetlatilganidan so'ng 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Forvard bahs oxirida raqib himoyachisi Samuel Jigoga boshi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan edi.
Bundan tashqari, muxlislarning o'zini tutishi va maydonga buyum uloqtirgani uchun "Krasnodar" 20 ming rubl jarima to'laydi. "Krasnodar" maydonga narsa otgan ishqibozlarga yil oxirigacha stadionga kirishini taqiqlagan edi.
"Spartak"ning ushbu bahsdagi umumiy jarimasi 45 ming rublni (20 ming rubl - haqoratli baqiriqlar, 25 ming rubl - muxlislar chegaralab turuvchi oynalarda o'tirgani uchun) tashkil qildi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar