Argentina TJ ustozi: “1/8 finalda 2 kundan keyin o'ynashimiz mantiqsiz. Biz stadiondamiz, raqib esa dam olmoqda”
01 dek 2022 09:35
Yangiliklar
Argentina TJ ustozi: “1/8 finalda 2 kundan keyin o'ynashimiz mantiqsiz. Biz stadiondamiz, raqib esa dam olmoqda”
“Alohida aytmoqchimanki, 1/8 final o'yinini 2 kundan keyin o'tkazish mantiqsizdek tuyulmoqda. Guruhda birinchi bo'lganimizni hisobga olsak, bu juda oz. Ertaga payshanba. SHaroitlar yaratilmagan va ko'proq dam olishga haqli edik. Tungi soat ikki va biz hali ham stadiondamiz, Avstraliya esa dam olmoqda.
Avstraliya haqida nima deyishim mumkin? Albatta, ularni kuzatdik, ammo bizda boshqa raqib edi, o'yindan o'yinga kuchayib boramiz. Ular ishtirokidagi bahslarni tahlil qilamiz va 100 foizga tayyor bo'lamiz. Bugungi o'yinimizdan kelib chiqib, har qanday raqibga qiyinchilik tug'dira olamiz. Hamma jihatni tahlil qilishimiz mumkin, ammo asosiysi raqibga qanday zarar etkazish variantini topishdir”, deydi Skaloni.
Eslatib o'tamiz, Argentina – Avstraliya uchrashuvi 3 dekabr kuni 23:59 da boshlanadi.
Fikrlar