So’nggi yangiliklar

07:30Ўзбекистон МТЖга номзод футболчи иккинчи даврани “Сўғдиёна“да ўтказади  0 01:19"Милан" "Торино" футболчисининг трансферини эълон қилди  0 01:13"Милан" Асенсио билан музокаралар ўтказмоқда  0 00:45"Ливерпуль" 20-рақамни "музлатди"  11 00:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 23:57"Бунёдкор" ва "Локомотив" собиқ устози "Хўжанд" бош мураббийига айланди  0 23:36Акмал Рустамов: "Омад биз томонда бўлди"  1 23:14Элдор Мойлиев: "Сирожиддин Қўзиев легионерга айланди"  2 22:58Ди Марцио Элдор Шомуродовнинг янги жамоасини маълум қилди  16 22:40Расман: Абрахам яна "Рома"дан кетди, бу сафар бутунлайга  2 22:19Суперлига. Турнир тубидагилар тўқнашувида "Қизилқум" меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  8 21:50Ансу Фати: "Барселона"дан доимо миннатдорман"  0 21:25Расман: Мирко Йеличич "Олимпик"дан кетди  3 21:15МЮ собиқ мураббийи Санчо ҳақида: "У машғулотларда энг зўрларидан бири эди, лекин..."  1 20:44"Зенит"га ўтган футболчи "Ал Насср"да 30 млн евро маош олиши мумкин эди  0

Argentina terma jamoasi ustozi: "Biz yana bir finalda o'ynashni istaymiz" Yangiliklar

Argentina terma jamoasi ustozi: "Biz yana bir finalda o'ynashni istaymiz"

Argentina futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Matias Lyukuiks mundial chorak final doirasidagi Qozog'istonga (1:6) qarshi kechgan bahsdan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.

"Natija biroz aldamchi bo'ldi deb o'ylayman, sababi yakuniy natija bo'yicha biz yirik hisobda g'alaba qozondik, ammo o'yin davomida ro'y bergan voqealar natijaga to'g'ri kelmaydi. Biz juda kuchli raqibga qarshi o'ynadik. Uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida raqibni o'rganib chiqqandik. Jamoamni g'alaba bilan tabriklayman, biz o'z rejamizga amal qildik va yigitlar uni alo darajada bajarib berishdi. Endi esa yarim final haqida o'ylashimiz kerak. Qozog'iston juda kuchli raqib va dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri deb ayta olaman. Nimchorak final bosqichida qozoqlar amaldagi jahon chempionlarini mag'lub etishdi. Ochig'ini aytsam, biz bugun raqibdan yaxshiroq edik va g'alabaga loyiq edik deb o'ylayman.

Keyingi raqibimiz Franciya ham juda kuchli jamoa hisoblanadi. Bugun g'alabani nishonlaymiz, ertadan boshlab esa keyingi uchrashuv haqida bosh qotiramiz. Biz yana bir bor final bahsida ishtirok etishni maqsad qilganmiz", - dedi Matias Lyukuiks.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика