So’nggi yangiliklar

19:24Рафинья "Эл Класико"да иштирок этмайди?!  0 18:56Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан дурангга рози бўлди   15 18:54Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Қозоғистон устидан ишончли ғалабага эришди  4 18:40Ўзбекистон терма жамоаси футболчиларининг Уругвайга қарши ўйиндаги статистикаси  2 18:09Япония Бразилиянинг додини берди  20 17:21Ўзбекистон – Уругвай беллашуви статистикаси: МТЖ қайси жабҳада устунлик қилди?  10 16:56Эмилиано Мартинес: "Ўзбекистонга қарши бошқа позицияда ўйнаганимга қарамай, ўзимни яхши ҳис қилдим"  2 16:33Хосе Луис Родригес: "Доминикан Республикасига қарши бироз қийналгандик. Ўзбекистон билан ўйинда эса..."  2 16:12Левандовски сафдан чиқди. У "Эл Класико"да қатнашмайдими?  9 15:44Ўзбекистон – Уругвай ўйинининг тактик таҳлили. Каннаваро ўзининг биринчи жиддий "синови"дан ўтдими?  7 15:26Суперлига. 25-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  7 15:04Мусиала жароҳатдан тикланиш жараёни ҳақида гапирди  0 14:42Ферран Торрес Болгарияга қарши ўйинни ўтказиб юборади  0 14:20Факундо Торрес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда мураббий талаб қилган вазифаларни бажардик"  0 13:59"Эвертон" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  0

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'zbekistonning bo'lajak raqibi Paragvayni qo'rqmay, kuchli terma jamoa deb ayta olaman" Yangiliklar

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'zbekistonning bo'lajak raqibi Paragvayni qo'rqmay, kuchli terma jamoa deb ayta olaman"

Argentina futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Matias Lyukuiks Jahon chempionati startidan avval saytimizga kichik intervyu berdi.

- Jahon chempionatiga tayyorgarlik qanday o'tdi? Ukrainaga qarshi dastlabki uchrashuvga tayyormisizlar?

- Biz uzoq vaqt davomida tayyorgarlik yig'inlarini o'tkazdik va tayyorgarlik bo'yicha xotirjammiz. Ukrainadek kuchli terma jamoaga qarshi o'ynash oson bo'lmasligi aniq, ammo biz o'zimiz nimalarga qodir ekanligimizni bilamiz. Men mundialdagi debyut uchrashuv bo'yicha to'liq xotirjamman.

- Guruhdagi raqiblar haqida gapirib o'tsangiz?

- Guruhimizda turli xil jamoalar to'plangan. Uchta raqibimiz ham zamonaviy futzaldan xabari bor jamoalar va har bir jamoa o'zgacha o'yin uslubiga ega. Guruh bosqichida oson bo'lmasligi aniq, ammo biz nima qilishni va qaysi raqibga qarshi qanday o'ynashni bilamiz. Muhimi, keyingi bosqichga yo'l olishimiz.

- Paragvay terma jamoasi O'zbekistonning guruh bosqichidagi raqibi. Paragvay terma jamoasi haqida nimalar deya olasiz?

- Paragvay bilan bir qitada o'ynaymiz va ushbu terma jamoaga juda kuchli ekanligini ayta olaman. O'zbekiston - Paragvay bahsida kichik detallar o'yin natijasiga tasir qilishiga ishonchim komil. O'zbekistondagi muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ham o'z so'zini aytmay qolmaydi. Ikki mamlakat o'rtasida ancha qiziq uchrashuv bo'lishini taxmin qilishim mumkin.

- Argentina 2016 yilda Jahon chempioni bo'lgandi, so'nggi mundialda esa kumush medalni qo'lga kiritgan. Bu safargi Jahon chempionatidagi maqsadlar qanday?

- Biz maqsadimiz mundialda so'nggi kunga qadar ishtirok etish va 7ta uchrashuvda ishtirok etish. Bizning elkamizda qanday masuliyat borligini his qilyapmiz va shu sababli vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilamiz. Biz bunga 10 hafta davomida tayyorgarlik ko'rgandik.

- Jahon chempionatida g'alaba qozonish uchun qaysi jamoalar asosiy davogarlar deb o'ylaysiz?

- Ko'pgina jamoalarni favorit deb ayta olaman. Masalan, Portugaliya, Ispaniya, Braziliya, Eron va boshqalar. 7-8ta terma jamoa mundialda chempionlikni qo'lga kiritish uchun davogar. Barcha jamoalarning imkoniyatlari deyarli teng, sababi bunday musobaqalarda kutilmagan natijalar tez-tez uchrab turadi. Favoritlar orasida yo'q, ammo so'nggi yillarda yaxshi o'sishga erishgan terma jamoalar ham bizni yaxshi manoda hayron qoldirishi mumkin. Natija qanday bo'lishini yaqin bir oy ichida bilib olamiz.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Eslatib o'tamiz, Argentina Jahon chempionatidagi dastlabki uchrashuvini Ukraina terma jamoasiga qarshi o'tkazadi, uchrashuv bugun soat 20:00da "Humo Arena"da o'tkaziladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика