Argentina MTJ ustozi: "Messi hozir futbolchi sifatida avvalgidan ancha kuchli"
31 may 2022 20:17
Yangiliklar


Argentina MTJ ustozi: "Messi hozir futbolchi sifatida avvalgidan ancha kuchli"
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni PSJ hujumchisi Lionel Messining hozirgi darajasi haqida fikr bildirdi.
"Hozir Messi katta tajribaga ega. U juda aqlli yigit. Leo futbol nuqtai nazaridan juda ko'p o'sishga erishdi. Menimcha, u hozir futbolchi sifatida avvalgidan ancha kuchli.
Ilgari u hammani hayratga solardi... Kimga hohlasa pas berar va to'p bilan itsaganini qilardi. Endi u o'yinni ancha yaxshi tushunadi. Har bir inson uchun katta bo'lish muhim", – dedi argentinalik mutaxassis.
Messi o'tgan mavsumda Liga 1 da 26 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 14 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar