Argentina klubi o'z stadionini Sala sharafiga qayta nomlaydi
30 okt 2019 13:46
Yangiliklar


Argentina klubi o'z stadionini Sala sharafiga qayta nomlaydi
Argentinaning "San Martin Progreso" klubi o'zining uy stadionini Emiliano Sala sharafiga qayta nomlaydi.
Ushbu klub "Santa-Fe" provinciyasiga qaraydi va Emiliano Sala aynan mana shu hududda tug'ilgan.
Forvard o'z faoliyatini "Progresso" akademiyasida boshlagan.
Eslatib o'tamiz, o'yinchi "Nant"dan "Kardiff"ga o'tishi kerak edi, ammo samolyotda La-Mansh orqali uchayotganda baxtsiz hodisa ro'y bergan.
Stadionning Sala sharafiga rasman nomlanishi sobiq futbolchining tug'ilgan kunida, yani 31 oktyabrda amalgan oshiriladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar