So’nggi yangiliklar

17:37Малайзия "CAFA Nations Cup 2025”да иштирок этмайди  0 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  13 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16

Argentina FIFAga tasir o'tkazdimi? Yangiliklar

Argentina FIFAga tasir o'tkazdimi?

Italiyalik Nikola Riccoli jahon chempionati finalini boshqarib boradigan bo'ldi.
Aslida Germaniya va Argentina o'rtasida bo'lib o'tadigan final uchrashuvini boshqarishga boshqa nomzodlar ham bor edi. Masalan, hamyurtimiz Ravshan Ermatov, angliyalik Xovard Uebb va hokazo. Lekin FIFA hakamlar qo'mitasi italiyalik Nikola Riccolini tayinladi. SHundan so'ng Argentina futbol federaciyasi FIFAga tasir ko'rsatibdi, italiyalik Nikola Riccolini tayinlab o'z niyatiga erishdi kabi gap-so'zlar quloqqa chalindi bu haqda turli internet saytlarida yozildi.

Albatta, Ravshan Ermatov vatandoshimiz bo'lgani uchun bunday gaplarga befarq qarab tura olmaymiz. Ha, u finalni boshqarishga loyiq edi, biroq FIFA qaror qabul qilib bo'ldi va endilikda Ermatov va uning brigadasi uyga qaytadi. SHu o'rinda bizni qiziqtirayotgan savol: Argentina mundialning final o'yiniga Ravshan Ermatov tayinlanmasligi uchun FIFAga o'z tasirini o'tkazdimi? Yoki FIFA hakamlar qo'mitasi finalni Nikola Riccoli boshqarishini oldindan hal qilib qo'yganmidi?

Ana endi bu savollarga javob topishga harakat qilib ko'ramiz. Malumki, hamyurtimiz Ravshan Ermatov mazkur jahon chempionatida to'rtta o'yinni boshqardi. Uchta guruh bosqichida va bitta pley-offda. Ermatov chorak finalda Gollandiya – Kosta-Rika bahsini boshqarib bordi. Nimchorak va yarim finalda ishlamadi. Italiyalik Nikola Riccoli esa hozircha uchta o'yinda hakamlik qildi va final uning uchun to'rtinchisi bo'ladi Riccoli guruh o'yinlarida Ispaniya - Gollandiya, Argentina - Nigeriya bahsida ishladi, shuningdek chorak finaldan o'rin olgan Argentina - Belgiya uchrashuvini boshqardi.

Etibor bergan bo'lsangiz, Riccoli bungacha Argentina ishtirokidagi ikkita o'yinni boshqarishga ulgurdi va har ikkalasida ham jamoa zafar quchdi. Final o'yini esa bu hakam uchun Messi vatandoshlari ishtirokidagi uchinchi bahs bo'ladi. Bir chempionatning o'zida bitta jamoaning uchta o'yinini boshqarish mumkinmi? Mumkin ekan, buni ertaga tunda Riccoli misolida ko'ramiz. Guruh bahslari yakuniga etganidan so'ng Ermatov chorak finalda, Riccoli esa nimchorak finalda ishladi. Yani, italiyalik hakam chorak final, yarim final kabi yanada qiyin bellashuvlarga qo'yilmadi. Balki uni FIFA finalga saqlagan bo'lishiyam mumkin.

Yaxshi bilasiz, Ravshan Ermatov bundan to'rt yil muqqadam JARda o'tkazilgan jahon chempionatida beshta o'yinni boshqargan va bu o'yinlar orasida chorak finaldan o'rin olgan Germaniya - Argentina uchrashuvi ham bor edi. O'shanda Germaniya raqibini 4:0 hisobida mag'lubiyat uchratgandi. SHundan kelib chiqib argentinaliklar Ermatovni yomon ko'rib qolgan bo'lishi mumkin. Bu yilgi musobaqada  bo'lib o'tgan Argentina - SHveycariya bahsiga ham Ermatovning qo'yilishi taxmin qilingandi, biroq FIFA boshqa hakamni qo'ydi. SHunda Argentina FIFAga tasir o'tkazib, italyan hakamlarining tayinlanishiga muvaffaq bo'ldi kabi gaplar chiqdi.

Bu borada biz nima deyishimiz mumkin? Oramizda FIFAda faoliyat olib boradigan kishilar yo'q, shunday ekan tashkilotning ichki sirlarini yaxshi bilmaymiz. Bilmagan narsalarga aralashish esa yaxshi emas. Hozirgi mavzu bo'yicha faqat gumonsirashimiz mumkin, xolos. Lekin fakt sifatida shuni aytishimiz mumkin, FIFAning birinchi vice-prezidenti Xulio Grondona argentinalik ekan. Endi buyog'i siyosat va aqlimiz etmagan narsalarga bosh suqishni xohlamaymiz. Maqolamiz so'nggida esa Ravshan Ermatovga jahon chempionatlarida to'qqizta o'yinni boshqarib dunyo rekordi o'rnatishida imkoniyat yaratib bergani uchun FIFAga katta minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Xayrulla Xoliqov.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика