Aren Robben: Gvardiola qo'l ostida yanada kuchaydim
09 mar 2015 22:53
Yangiliklar


Aren Robben: Gvardiola qo'l ostida yanada kuchaydim
Bavariya vingeri Aren Robben jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida iliq so'zlarni aytib o'tdi..
SHaxsan men Pep Gvardiola qo'l ostida yanada kuchaydim. Pozicion jihatdan o'z o'yinimni yaxshilab oldim. Gvardiola bizdan maydonning har bir hududida harakatlanishimizni so'raydi. Bu biz uchun juda foydali bo'lmoqda. Sababiki, pozicion o'yin maydondagi bo'sh hududlarni topishda va raqib uchun qanday xavf tug'dirish borasida bizga ancha qo'l kelmoqda. Gvardiolaning ish uslubi va uning g'oyalarini maydonda tadbiq etish juda qiziqarli. Uning o'yin falsafasidan chinakamiga zavq olaman.

Fikrlar