Aren Robben: "Bizga tushishi mumkin bo'lgan raqiblar ichida PSJ eng kuchlisi"
14 dek 2014 01:09
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/154768_original.jpg)
![](/upload/storage/154768_220.jpg)
Aren Robben: "Bizga tushishi mumkin bo'lgan raqiblar ichida PSJ eng kuchlisi"
"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben ECHL 1/8 finali qurasi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Bu bosqichda oson raqiblarning o'z yo'q. Quradan so'ng bizga kim raqib bo'lishidan qatiy nazar biz faqat g'alaba haqida o'ylaymiz. PSJ, "Yuventus" va "Arsenal" bizga tushishi mumkin bo'lgan jamoalar ichidagi eng kuchlilari hisoblanishadi. Lekin "Bazel" va "SHaxtyor"ni ham hisobdan chiqarmaslik lozim. Ko'ramiz yakunda kim bizga duch kelarkin. Raqiblar ichidan eng qiyini bu PSJ deb hisoblayman. Ammo aynan shu jamoa bilan ro'baru kelgan taqdirimizda ham ulardan zarracha qo'rqmayman.
Eslatib o'tamiz, Evropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qura dushanba kuni bo'lib o'tadi.
"Bavariya"ga tushishi mumkin bo'lgan jamoalar quyidagicha: "Yuventus", "Arsenal", "Bazel", PSJ va "SHaxtyor".
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar