Arbeloa: "Beylni transferga qo'ymagan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
23 fev 2018, 12:01
"Real" sobiq himoyachisi Alvaro Arbeloaning fikricha, klub yarim himoyachi Garet Beylni transferga qo'ymasligi kerak.

Ispan OAVning ma'lum qilishicha, "Qirollik klubi" joriy mavsum oxirida Uels terma jamoasi futbolchisi bilan xayrlashishga qaror qildi.

"Beylni transferga qo'ymagan bo'lardim. "Real"da unga bo'lgan ishonchni yo'qotishdi deb o'ylamayman, u omadsiz davrni boshidan o'tkazmayapti. Zidan o'rnida bo'lganimda futbolchiga ko'proq e'tibor bergan bo'lardim. Garetda o'zini ko'rsatish uchun muammolar bor edi. Men unga kerakli o'yin amaliyoti berishni maqul ko'rardim. So'nggi oylarda barcha futbolchilarga muhtoj bo'lamiz" - deydi Arbeloa.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca