So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  1 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  11 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  13

“Aral” – “Do'stlik” uchrashuvi bosh hakami ishi O'FA hakamlar qo'mitasiga oshirildi Yangiliklar

“Aral” – “Do'stlik” uchrashuvi bosh hakami ishi O'FA hakamlar qo'mitasiga oshirildi

Teglar :  UzFHMDo'stlikAral
O'zFHM Pro liganing 1-turidan o'rin olgan “Aral” – “Do'stlik” uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi qarorini elon qildi.


1-vaziyat: Ehtimoliy penalti va qo'l bilan o'yin. VIDEONI KO'RISH

O'zbekiston Pro ligasi 1-turidan o'rin olgan “Aral” – “Do'stlik” bahsining 18-daqiqasida mezbonlar yon chiziqdan to'pni jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan, himoyalanayotgan jamoa vakili “Aral”ning 17-raqamli futbolchisini chalib, yiqitgan. SHundan so'ng, “Aral”ning 32-raqamli futbolchisi jarima maydonchasi ichiga oshirib berilgan to'pni qo'l bilan to'xtatib, gol urgan. Uchrashuv bosh hakami futbolchi yiqitilgan vaziyatni ham, to'p qo'l bilan o'ynalgan vaziyatni ham etibordan chetda qoldirib, golni inobatga olgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda 1-holat uchun penalti belgilanishi kerak edi, futbolchi qo'pollik bilan yiqitilgan. SHuningdek, keyingi holatda to'p qo'l bilan o'ynalgan. Yani, bosh hakam ikkala taraf zarariga xato qilgan. Bu vaziyatda bosh hakam golni bekor qilib, dastlabki holatdagi yiqitilishga asoslangan holda penalti belgilashi kerak edi. Hakamning qarori noto'g'ri, deb topildi.



2-vaziyat: Ehtimoliy penalti. VIDEONI KO'RISH

Uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Do'stlik” futbolchilari tezkor qarshi hujum uyushtirgach, jamoaning 14-raqamli futbolchisi R.Ro'ziev raqib jarima maydonchasi ichiga kirgan va darvozabon bilan to'qnashib, yiqilgan. Bosh hakam Jaloliddin Husnitdinov penalti belgilamay, o'yinni davom ettirishga ruxsat bergan. SHundan so'ng, yordamchi hakamning tavsiyasiga ko'ra, to'p o'yinga kiritilayotganda qoidabuzarlik bo'lganini qayd etib, to'pni “Do'stlik” darvozaboniga qaytargan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: “Do'stlik” klubi darvozaboni to'pni o'yinga kiritishni noto'g'ri tarzda amalga oshirgan (qoidalarga ko'ra, darvozabon harakatlanayotgan to'pni o'yinga kirita olmaydi, buning uchun to'p to'xtagan bo'lishi lozim), shu sababli bundan keyin sodir bo'lgan har qanday hodisa inobatga olinmay, to'p darvozabonga qaytarib berilishi kerak edi. Vaziyat boshida yordamchi hakam darhol bayrog'ini ko'tarib, bosh hakamga ishora qilganini inobatga olgan holda yakuniy qaror to'g'ri bo'lganini qayd etishimiz lozim. Hakamlar jamoasining qarori to'g'ri deb topildi.

Uchrashuv bosh hakami Jaloliddin Husnitdinov ishi O'FA hakamlar qo'mitasiga oshirildi va Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasiga ko'ra, unga tegishli jazo choralarini qo'llash so'raldi. Hakamlar qo'mitasi jazo choralarini malum qilgach, ular elon qilinadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика