Araik Boboev: "Oq-tepa" Urganchga g'alaba uchun keldi"
15 may 2016 15:27
Yangiliklar
Araik Boboev: "Oq-tepa" Urganchga g'alaba uchun keldi"
"Xorazm" - "Oq-tepa" uchrashuvidan oldin mehmonlar yarim himoyachisi Araik Boboev o'z fikrlarini bildirdi.
"Xorazm" doim yaxshi jamoa bo'lib kelgan. Har yil oliy ligaga chiqishni maqsad qilib qo'yadi. Faqatgina bu yil xorazmliklar negadir elitaga chiqish uchun kurashishmayapti. Lekin baribir "Xorazm" birinchi ligada o'z o'rniga ega bo'lgan klub hisoblanadi.
"UzDongJu"ga qarshi o'yindan so'ng jamoamizning ruhiy tayyorgarligi yaxshi. Mavsum boshidagi mag'lubiyatlardan so'ng o'zimizga kelyapmiz. "Oq-tepa" Urganchga g'alaba uchun keldi", - deydi Boboev.
"Oq-tepa" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar