So’nggi yangiliklar

00:06А Серия. "Интер" "Наполи"га қарши ўйинда 87-дақиқадаги гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди, жамоалар ўртасидаги фарқ 1 очкога тенг  10 23:35"Ювентус" Моттанинг ўрнига кимларнинг номзодини кўриб чиқмоқда?  1 23:18Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси ўқув-машғулот йиғини якунига етди  0 23:04РПЛ. "Рубин" меҳмонда "Ахмат"га мағлуб бўлди, Ашурматов 82 дақиқа ўйнади ва сариқ карточка олди  2 22:45Англия кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Плимут"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  30 22:06Бернарду Силва Абдуқодир Ҳусанов ҳақида гапирди  7 21:41"Реал Бетис" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  42 20:53РПЛ. "Зенит" ва ЦСКА Петербургда нурсиз дуранг ўйнади, Файзуллаев 67 дақиқа ўйнади  15 20:17Расман: Элдор Шомуродов — "Рома"нинг февраль ойидаги энг яхши ўйинчиси!  20 19:42Футболда янги қоида пайдо бўлди  8 19:34U20 Осиё Кубоги. Финалда ғолиб пенальтилар серияси орқали аниқланди  7 19:17РПЛ. Эсанов захирадан майдонга тушган баҳсда "Акрон" мағлубиятга учради  1 18:52ПФЛ клубларни 25 мартга қадар қарзларни тўлашга чақирди  2 18:12ПФЛ Ўзбекистон Суперлигаси 2025 интросини тақдим этди  4 17:54"Нефтчи": 4 мингга яқин йиллик абонемент сотиб бўлинди  22

Arabnews.com: Saudiya Arabistoni OCHLni olib, Osiyo Kubogi-2027 mezbonligi uchun katta qadam tashladi Yangiliklar

Arabnews.com: Saudiya Arabistoni OCHLni olib, Osiyo Kubogi-2027 mezbonligi uchun katta qadam tashladi

Teglar :  Saudiya Arabistoni
Malumki, G'arb mintaqasining bu yilgi OCHL guruh o'yinlari markazlashgan tartibda Saudiya Arabistonida tashkil etiladi.

Beshta guruh bellashuvlariga Ar Riyod, Jidda, Burayda va Dammam shaharlari mezbonlik qiladi. Bundan ko'rinib turibdiki, Saudiya Arabistoni nafaqat bir yo ikkita guruhni qabul qilish, balki beshta guruhni bir joyga jamlash bo'yicha ham katta salohiyatga ega.

OFK OCHL guruh bahslari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tishini eon qilganidan so'ng arab futbolini muntazam yoritib boradigan Arabnews.com sayti bu haqda alohida maqola chop etdi.

Maqolada aytilishicha, OCHL G'arb mintaqasi mezbonligini olib Saudiya Arabistoni kelajak sari katta qadam tashladi. Qaysi manoda? Malumki, 2023 yilgi Osiyo Kubogi Xitoyda bo'lib o'tadi. 2027 yilgi Osiyo chempionati qaerda o'tkazilishi hozircha malum emas.

Faqat mezbonlik uchun 4ta mamlakat kurash olib borayotganini bilamiz: Eron, Hindiston, Qatar va Saudiya Arabistoni. 2019 yilning 5 iyun kuni dastlab Hindiston futbol federaciyasi OFKga mezbonlik arizasini taqdim etgandi. 2020 yilning 6 fevral sanasida Saudiya Arabistoni ham ariza topshirdi.

2020 yil 28 aprel kuni Qatar, oradan bir kun o'tib esa Eron futbol federaciyasi Osiyo Kubogi-2027 mezbonligi uchun o'z nomzodini taqdim etdi. Eshitgan bo'lsangiz kerak, bu orada O'zbekiston futbol associaciyasi ham davo arizasi topshirgandi. Lekin nimadir sabab bo'lib, O'FA o'z arizasini qaytarib oldi.

SHunday qilib bu yilgi OCHL G'arb mintaqasi guruh o'yinlari Saudiya Arabistonida tashkil etiladi. Poytaxt Ar Riyod ikkita guruhni o'zida qabul qilsa, Jidda, Burayda va Dammam bittadan guruhni qabul qiladi. Beshta guruhning har birida 12tadan o'yin o'tishini hisobga olsak, beshta guruhning jami 60ta uchrashuvi mana shu shaharlarda bo'lib o'tadi. OCHL guruh bellashuvlari 7-27 aprel oralig'ida o'tkaziladi.

Arabnews.com saytining yozishicha, agar Saudiya Arabistoni OCHLni yuqori saviyada o'tkaza olsa, OFK ishonchini yana bir karra qozongan bo'ladi. Bu esa Osiyo Kubogi-2027 mezbonini aniqlash jarayonida katta rol o'ynaydi. Bundan tashqari OCHL SHarq mintaqasi guruh o'yinlari bu yil uch mamlakatda - Tailand, Vetnam va Malayziyada o'tkaziladi. Saudiya Arabistoni esa G'arb mintaqasining barcha guruhlarini qabul qila olishini bildirdi, bu esa katta shijoat demakdir.

Yana bir gap. OFK shu yilning oxirigacha Osiyo Kubogi-2027 qaerda bo'lib o'tishini elon qiladi. Agar mezbon sifatida Saudiya Arabistoni tasdiqlansa, bundan hech kim ajablanmasa kerak.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика