AQSHlik kibersportchilar 2018 yilda 28 mln. dollar yutib olishdi. Biznikilarchi?
01 jan 2019 14:45
Yangiliklar
AQSHlik kibersportchilar 2018 yilda 28 mln. dollar yutib olishdi. Biznikilarchi?
Esportsearnings sayti yakunlangan 2018 yilda kibersportchilar qancha daromad topganini elon qildi.
Jamoaviy hisobotlarda OG 2018 yilda eng ko'p daromad topgan jamoaga aylandi. Ular yozda o'tkazilgan norasmiy jahon chempionati - The International 2018da g'alaba qozonib, 11 mln. dollarni uyga olib ketishdi.
Davlatlar reytingida esa amerikaliklar etakchilik qilmoqda. AQSH kibersportchilari 2018 yilda 28 mln. dollar yutib olishdi.
Kibersport. 2018 yilda eng ko'p mukofot puli yutib olganlar | |||
---|---|---|---|
O'rin | Mamlakat | Yutuq pullari | Kibersportchilar soni |
1 | AQSH | $28,037,479 | 3126 |
2 | Xitoy | $16,008,984 | 1066 |
3 | Janubiy Koreya | $13,430,910 | 1076 |
4 | Daniya | $10,389,183 | 363 |
5 | Finlyandiya | $7,311,212 | 286 |
6 | Rossiya | $6,850,859 | 631 |
7 | SHveciya | $6,284,712 | 510 |
8 | Franciya | $6,041,818 | 846 |
9 | Kanada | $4,681,313 | 515 |
10 | Germaniya | $4,126,316.51 | 670 |
O'zbekistonlik kibersportchilar 2018 yilda 5730 dollar yutib olishdi. Reytingda O'zbekiston 90-o'rinni egalladi. 5730 dollar uch nafar kibersportchi hissasiga to'g'ri keldi (SANJI, CEKKA, Plum).
O’xshash yangiliklar
18:11
Jahon chempionati saralash bosqichi. O'zbekiston - KXDR uchrashuvini Ahmad al Kaf boshqarib boradi 23
Fikrlar