AQSH Klinsmanni "Tottenxem"ga qo'yib yubormaydi
17 dek 2013 17:51
Yangiliklar


AQSH Klinsmanni "Tottenxem"ga qo'yib yubormaydi
AQSH futbol federaciyasi rahbarlaridan biri Sunil Gulati terma jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klinsmanni Villash-Boashni ishdan bo'shatgan "Tottnxem"ga qo'yib yubormasliklarini takidladi.
"Klinsmanning AQSH terma jamoasi bilan erishgan muvoffaqiyatlari sabab unga ko'plab boshqa jamoalar ham qiziqish bildirayotganini esdan chiqarmayapmiz. SHuning uchun ham u bilan yangi shartnoma imzoladik. Bu to'g'ridan-to'g'ri unga SHveycariya terma jamoasi yoki "Tottenxem"ning qiziqayotgani bilan bog'liqmas. SHunchaki biz uchun ushbu murabbiy termamiz bilan imkon qadar uzoqroq vaqt ishlashi muhim", dedi Gulati.

Fikrlar