So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

AQSH – Eron to'qnashuvi barchasini hal qiladi Yangiliklar

AQSH – Eron to'qnashuvi barchasini hal qiladi

4 yillikning eng yirik turniri toboro qiziq pallaga kirib bormoqda.

Kecha mezbon Qatarning guruhda qolib ketishi rasman aniq bo'lib ugurdi. To'g'ri, Qatar loyihasi o'zini oqlamagandek ko'rinmoqda, ammo bu jabhada biroz shoshilmaslik tarafdoriman. 16 yil davomida qurilgan tizimning muammolari mundialda ko'rinib qoldi. Buyog'iga qatarliklar ushbu noqis nuqtalarni bartaraf etishsa bo'lgani, uyog'ini vaqt ko'rsatadi. Qatar joy olgan "A" va hozirda o'ta chigal vaziyatga kelib qolgan "B" guruhida 2-tur o'yinlari yakunlandi. Quyida so'nggi hal qiluvchi tur oldidan jamoalarning pley-offga chiqish imkoniyatlarini tahlil qilamiz. Buyog'i sizga tanish bo'lgan futboldagi matematika.

"A" guruhida 2-tudan keyin "uchar gollandlar" 4 ochko bilan etakchi. Niderlandiya bilan bir xil ball to'plagan Ekvador qo'shimcha ko'rsatkichlar hisobiga 2-o'rinda.

2-turda Qatar ustidan 3-1 hisobida zafar quchgan afrikaliklar 3 ochko bilan 3-o'rinda. Qatar bilan esa hammasi tushunarli. 



Xo'sh, niderlandiyaliklar so'nggi turda motivaciyasiz qolgan Qatar bilan bellashishini hisobga olsak, van Gal shogirdlari qiyinchiliksiz pley-offga chiqishsa kerak. Nimchorak final uchun atalgan ikkinchi chipta taqdiri Ekvador – Senegal uchrashuvida hal qilinadi. So'nggi turda Senegalga faqat g'alaba kerak. Manesiz o'ynayotgan Afrika chempionlari janubiy amerikaliklarga qarshi o'yinga borlarini tashlashadi. Ekvadorga esa durang ham etarli. Ha, yana bir malumot: Niderlandiyaga qarshi o'yinda Enner Valensiya jarohat oldi, bu safar jiddiyroq. 

"A" guruhidan farqli "B" guruhida vaziyat ancha chigal. Tunda inglizlar amerikaliklarga qarshi o'yinda nursiz durang qayd etishdi va 1 ochkoga ega bo'lishdi. Jadvalda Angliya 4 ochko bilan etakchi to'plar farqi +4. Kecha Uels ustidan g'alaba qozongan Eron 3 ochko bilan ikkinchi bo'lsa, AQSH jamoasi 2 ochko bilan uchinchi pog'onada. To'plar farqi qitadoshlarimizda -2, amerikaliklarda esa 0. Guruhda 1 ochko bilan so'nggi pog'onada joylashgan Uelsda hali ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari saqlanib qolgan.



Do'stlar, oxirgi turda bizni Eron – AQSH qarama-qarshiligi kutib turibdi. Afisha jihatdan ajoyib o'yin. G'alaba istalgan tomonni pley-offga olib chiqadi, durang esa ikki tomonga ham etmay qolishi mumkin. Garet Beyl boshchiligidagi Uels 3-turda Angliya bilan bellashadi. Inglizlar tunda AQSH bilan nursiz o'yin namoyish qilgach, bo'lajak bahsda Uelsni yaqqol autsayder deyish o'rinsizdek. 

Xo'p, endi boshida aytganimiz, futboldagi matematikaga to'xtalsak. Agarda jamoalarning ochkolari teng bo'lib qolsa, unda qaysi faktorlarga qaraladi? Quyida shu savolga javob topasiz: 

1. To'plar farqi (urilgan va o'tkazib yuborilgan gollar orasidagi farq).

2.  Jami o'yinlarda urilgan gollar soni.

3.  O'zaro o'yinlardagi ko'rsatkichlar.

4.  Agarda yuqoridagi ko'rsatkichlarda mutlaqo tenglik qayd etilsa, sariq va qizil kartochkalar soniga etibor qaratiladi.


Jaloliddin Xalilov

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика