So’nggi yangiliklar

08:43"Ман Сити" 75-дақиқада 3:0 ҳисобида олдинда бориб, юта олмаган ЕЧЛ тарихидаги биринчи жамоага айланди  7 08:20"Интер" 12 учрашувдан буён мағлуб бўлмаяпти  0 07:56"Барса" ЕЧЛда қаторасига 4 та ғалабага эришди, умумий ҳисоб – 17:3  3 07:32Компани ПСЖ устидан қозонилган ғалабадан кейин: "Яна 1-2 та гол урганимизда ўйин анча хотиржам руҳда ўтарди"  0 03:07ЕЧЛ. Дембеле четлатилган ўйинда "Бавария" ПСЖ устидан ғалаба қозонди  11 03:05ЕЧЛ. "Барса" йирик ғалаба қайд этди. "Манчестер Сити" "Фейеноорд"га қарши 3:0 ҳисобидаги устунликни сақлаб қола олмади  10 02:03Левандовски ЕЧЛдаги 100-голини урди. Фақат Роналду ва Мессида бундан кўпроқ  7 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Садд" билан дуранг ўйнаган "Ал Ҳилол" плей-офф йўлланмасини нақд қилди. "Ал Насср" ҳам кейинги босқични кафолатлади  6 00:50ЕЧЛ. "Милан" ва "Атлетико" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 00:35ЦСКА "Рубин"ни йирик ҳисобда мағлуб қилиб, Россия кубоги ярим финалига йўл олди. Файзуллаевдан гол!  14 23:45Жуд Беллингем: "Олтин тўп" "Реал Мадрид"га келиши керак эди"  6 23:05Расман: Хавьер Маскерано "Интер Майами" бош мураббийига айланди  16 22:19Cуперлиганинг охирги турида учта ўйинда ВАР ишлайди. Қолган учрашувларга қўшимча ёрдамчи ҳакам бириктирилади  7 21:25ПСЖ нега айнан Ҳусановга қизиқиб қолди? Foot Mercato нашри Абдуқодирга Париж клубидан бўлган қизиқиш тафсилотларини маълум қилди  16 20:29Рўзиқул Бердиев: "Рақиб маҳоратли ўйинчиларга эга жамоа, аммо биз кўпроқ ўз ўйинимизга эътибор беришимиз зарур"  11

Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi SHohruh Gadoev bilan intervyu Yangiliklar

Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi SHohruh Gadoev bilan intervyu

O'zbekiston Professional Futbol Ligasi va “Championat.asia” hamkorlikda tashkil etilgan oy laureatlarining navbatdagi g'olibi bo'lgan "Nasaf" vingeri SHohruh Gadoev bilan suhbat uyushtirdik.

"Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lishimni umuman kutmagandim. Bu xabarni eshitganimda to'g'risi avvaliga ishonmadim. Jarohatdan tiklanib chiqqanimdan keyin tezda laureat bo'lishimni rosti kutmagandim. So'nggi vaqtlarda jarohat bilan bog'liq muammolar bo'lgandi. Katta tanaffusdan keyin safga qaytganimda ham yakka kurashlarga kirishishga biroz qo'rquv bo'lardi. Har bir futbolchi jarohatidan so'ng biroz hadiksirab o'ynaydi. O'tgan mavsum oxirida ham biroz jarohat bezovta qilardi. Lekin shunga qaramay murabbiylar meni maydonga qo'yishgandi. Keyinchalik yangi mavsumga taraddud ko'rish maqsadida Turkiyada yig'in o'tkazdik. O'shanda nazorat o'yinlarida maydonga tushib, o'ynab, yakka kurashlarda ishtirok etib jarohatni unutib yubordim. Hozir bu borada muammo yo'q. Hammasi yaxshi desam ham bo'ladi. Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lishimga keladigan bo'lsak, bu balki kichik xizmatlarimga berilgan mukofotdir", - deya so'z boshladi SHohruh Gadoev.



- So'nggi paytlarda o'zingiz ko'rsatayotgan o'yinlardan ko'nglingiz to'lmoqdami?
- Yo'q, rosti hozirgi ko'rsatayotgan o'yinim menga maqul emas.

- Avvalgi SHohruh Gadoev bilan hozirgi Gadoev o'rtasida qanchalik farq bor?
- Bir narsa deyish qiyin. Sekin-asta formaga tushib boryapman. Xudo xohlasa yanada kuchliroq o'yin ko'rsatib muxlislarni xursand etishga harakat qilaman.

- Futbol ishqibozlari SHohruh Gadoevdan noodatiy harakatlar, o'yiningizdan boshqacha joziba kutishadi. Buni maydonga tushganda his qilasizmi?
- To'g'ri, buni o'zim ham his etib turaman. Muxlislar mendan ko'proq narsa kutishlarini bilaman va men ham jamoamga yanada ko'proq foydam tegishini istayman. Bu menga yanada ko'proq masuliyat yuklaydi. Buni to'g'ri tushunaman.

- Siz jarohatingizni davolayotganda "Nasaf"da Farruh Sayfiev  futbolchi sifatida o'sishga erishdi va endilikda u ham asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. Raqobat yanada oshdi. Sayfiev nafaqat klubda, balki terma jamoada ham sizning o'rningizda harakat qilmoqda. Bu raqobat sizni cho'chitmaydimi?
- Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Agarda raqobat bo'lmasa unda futbolchi yangi pog'onaga ko'tarila olmaydi. Endi yana o'z sport formamni tiklab, o'z o'yinlarim orqali yana terma jamoaga chaqirilishga harakat qilyapman. Bu raqobat Sayfiev va men uchun ham juda foydali.

- Yil boshida sizni "Bunyodkor" jamoasi o'z safiga qo'shib olishga harakat qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bu qanchalik haqiqat?
- Bu haqida eshitib avvaliga o'zim ham ajablandim. Keyin rasman klubga murojaat etishgan ekan. Lekin meni "Nasaf" bilan o'rtada shartnomam bor va bu erdan ketishni istamadim. SHu bois ushbu transfer amalga oshmay qoldi.

- "Nasaf" bilan necha yillik shartnomangiz mavjud?

- Bu narsa sir bo'la qolsin.

- Negadir ko'p futbolchilarimiz shartnomalarini sir saqlashadi. Bundan futbolchiga nima naf?
- Hammaga har xil. Balki klub yana shartnomamni uzaytirishim mumkin. SHu bois bu haqida hozir gapirgim yo'q.



- Oliy ligada futbolchilarimiz klub bilan har yili bir yillik shartnomaga imzo chekishadi. Nega bizda klub va futbolchi o'zaro ko'p yillik shartnoma tuzishmaydi? Klub va futbolchi o'rtasida balki ishonch yo'qmi?
- Jamoada ishonch bor. Qo'yishi mumkin, agarda shartnoma shartlarini kelisha olsa, ko'p muddatga ham shartnoma imzolashi mumkin. Masalan har yili bir yillik shartnoma tuzilsa, demak ularga yoqayotgandir har yili shartnomani uzaytirish. Balki keyingi yili boshqa jamoadan taklif tushsa ketish niyati bordir. SHu bois shu yo'lni tanlashsa kerak deb o'ylayman.

- Siz ham shu yo'lni tanlaganmisiz?
- Manda avval shunday edi. Hozircha klubim bilan yangi shartnoma uzganim yo'q. SHartnoma shartlarini kelisha olsak, bitimni uzaytiraman.

- Oliy ligada eng kuchli futbolchi deb kimni aytgan bo'lardingiz?
- CHempionatimiz hozir juda kuchli kechmoqda. 2014 yilgi mavsumdan keskin farq qiladi. Oliy ligada ko'p jamoalar asosan jamoaviy o'yinni yo'lga qo'yib olishgan. Alohida bir futbolchi ajralib turayotgani yo'q. Bir xil o'yinlarda ko'ramiz, jamoadoshim Artur Gevorkyan "Nasaf"ni qiyin pallada qo'llab ketadi. Muhim bahslarda o'yinni o'ziga olish qobiliyati yuqori. Menimcha, Artur Gevorkyan ayni paytda eng kuchli futbolchi bo'lsa kerak.

- "Nasaf" bu yilgi mavsumda ko'zlagan maqsadiga etisha oladimi? Ushbu mavsumda ko'p jamoalarimiz yutishi mumkin bo'lgan o'yinlarda mag'lubiyatga uchramoqda, qiyin bahslarda esa aksincha. "Nasaf" ham o'yinlarni bir tekisda o'tkaza olmayapti...

- Biz oldimizga har doim yuqori maqsadlarni qo'yamiz. Bu yilgi chempionatda oltin medallarni qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz. Lekin qolgan jamoalar ham bu borada kurash olib borishmoqda. Bu oson bo'lmasligi aniq. O'ylaymanki, ushbu mavsum qiziqarliroq o'tadi. Menimcha, bu yili barcha jamoalarimiz toza futbol o'ynashga harakat qilishmoqda.



- Bu yilgi mavsumda qaysi jamoalar sizni ajablantirmoqda?
- Menimcha, "Nasaf" jamoasi bo'lsa kerak (kuladi). Qanday manoda, yani bizda jamoaviy o'yin yaxshi yo'lga qo'yilgan. Ikkinchi davrada Kenja To'raev va Azamat Allaniyozov safga qaytganidan so'ng hujum chizig'idagi muammomiz ham bartaraf etilsa kerak deb o'ylayman. Ilhom SHomurodovga yordamchi kerak, aynan shu futbolchilar bu borada ko'maklashishadi.

- Jarohat olgan paytingizni eslasak. Bu qanday sodir bo'lgandi? Ko'pchilik o'shandan keyin Davron Hoshimov sizga atayin jarohat etkazgan degan fikrda bo'ldi. SHu borada muxlislarga o'zingiz izoh berib o'tsangiz?
- Futbolda futbolchining asosiy dushmani bu jarohat deb o'ylayman. Bu futbol va futbolda jarohat bo'lib turadi. Buni kimdir atayin qildi deb o'ylashi mumkin. Lekin biz Davron Hoshimov terma jamoa yig'inlarida birga bo'lganmiz. O'rtamizdagi munosabatlar o'rtacha bo'lgan. Men u bilan yaxshi-yomon bo'lmaganman. Ammo rostini aytaman, men undan bu kabi harakatni kutmagandim. O'sha o'yinda bir emas, ikki emas, uch marotaba keskin o'ynadi. Bu narsa men uchun umuman kutilmagan bo'ldi.

- Avvalgi SHohruh Gadoevni qachon ko'ramiz?
- Xudo xohlasa tez orada yana o'z sport formamni tiklab olaman. Asosiy maqsadim yaxshi o'yin ko'rsatib, terma jamoaga qaytish va muxlislarni xushnud etish.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика