So’nggi yangiliklar

19:41Роналду "Манчестер Юнайтед"да Рангникка ультиматум қўйган  1 19:23Максим Шацких: "Асосийси кейинги босқичга йўл олдик. Ўйин ҳақида эса гапиришни истамайман"  3 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1. Highlights  0 19:05Бошкович: "Ғалаба қозондик, аммо кўрсатган ўйинимиздан хафаман"  1 19:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон – Эрон 2:1 (матнли трансляция)  5 19:02Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" 2:3. Highlights  0 19:00U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон ярим финал йўлланмаси учун Саудия Арабистони билан курашмоқда (матнли трансляция)  128 18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  6 18:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" "Сўғдиёна"га мағлуб бўлди, лекин кейинги босқичга йўлланма олди  35 18:26Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Металлург" муроса кўчасини танлади  9 17:57Ўзбекистон олимпия термаси "Халифа" стадионига етиб келди!  11 17:07U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувига превью. Саудияни бир маротаба ютганмиз, улар эса бизни уч марта  6 16:58Кварацхелия янги мавсум "Барселона" футболчисига айланиши мумкин  7 16:32"Оч бўрилар" овга чиқмоқда  9

Appenin yarim orolidagi murosasiz kurashlar Yangiliklar

Appenin yarim orolidagi murosasiz kurashlar

Italiya A Seriyasining 8-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

"Yuventus" yana g'alaba qozondi

O'ta omadsiz startdan keyin "Yuventus" asta o'ziga kela boshladi va kuchliroq raqibga qarshi bu o'yin juda muhim edi. Qizig'i, o'yindagi birinchi xavfli vaziyat "Roma" tomonidan yuzaga keltirildi, jarimadan uzatilgan to'pni Manchini boshi bilan darvozaga yo'lladi, ammo SHensni gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi. "Yuventus" bunga gol bilan javob berdi, De SHilo ajoyib uzatmani amalga oshirdi, Bentankur to'pni Kinga o'tkazib yubordi va to'p uning boshidan darvoza to'riga borib tushdi. O'yin tempi  tushdi va ancha tinchlandi. Ushbu sokinlikni Abraxamning inobatga olinmagan goli buzib yubordi. Turin klubi jarima maydonchasida yuzaga kelgan talato'pda Temmi to'pni darvozaga yo'llay oldi, ammo ungacha hakam Mxitaryanga nisbatan qo'pollik ishlatildi deb, hushtak chalib ulgurgandi. Oqibatda "Roma" gol o'ringa penalti tepish huquqini qo'lga kiritdi, lekin Veretu imkoniyatdan foydalana olmadi. 

Ikkinchi bo'lim boshida Bernardeski jarima maydonchasi tashqarisidan "qaychi" uslubida zarba berdi, lekin urinishga kuch etmadi. "Roma" bunga Veretuning jarima maydonchasi tashqarisidan amalga oshirilgan zarba bilan javob berdi, to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. Umuman olganda "Roma"da vaziyatlar ko'p bo'lmadi, Vinyaning ajoyib reydidan keyin biroz yuqoriroqdan o'tib ketgan zarbasini eslab o'tish lozim. "Yuventus" esa hisobdan kelib chiqib o'ynar va raiqbni qarshi hujumda "ushlashga" u qadar urinmasdi ham. 

SHunday qilib, "keksa sinora" navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdi hamda 7-o'ringa ko'tarilib oldi.


"Verona" "Milan"ga mag'lub bo'ldi  

Bu o'yindan avval "rossoneri" jarohat va diskvalifikaciyalar sabab muammolarga duch kelgandi. 7-daqiqada Kaprari havodan kelgan to'pni erga tushirmay, darvozaga aniq yo'llaganida Piolining bosh og'rig'i yanada ortdi. Bu mehmonlarga qo'shimcha kuch bag'ishladi va hujumlardan birida jamoa penalti ishlab oldi, Barak esa imkoniyatdan unumli foydalandi. Tanaffusgacha "Milan" deyarli hech nima qila olmadi.

Pioli esa vaziyatga tanaffusgacha tasin qilishga, o'zgartirishlar orqali o'yinni o'zgartirishga urindi va ular ish berdi. Leaoning uzatmadan keyin Jiru oradagi farqni qisqartirdi. SHundan so'ng biroz o'yinning biroz tushgan tempini yana o'sha zaxiradan tushganlar ko'tarishdi. Leao tovoni bilan to'pni Salemakersga tashlab berdi va uni jarima maydonchasida yiqitishdi. Kessie zarbani amalga oshirdi va darvozabonga imkon qoldirmadi. Oradan yana bir necha daqiqa o'tib, Kastilexo yana bir golda ishtirok etdi. Uning uzatmasidan keyin Ginter o'z darvozasi tomon g'aroyib zarba yo'lladi. "Verona" o'yin so'ngida mag'lubiyatdan qutilib qolishi mumkin edi, ammo Barakning urinishidan keyin to'p darvozadan biroz yuqoriroqdan o'tib ketdi. Murabbiyning keskin qarorlari tufayli amalga oshgan "Milan"ning o'ziga xos kambegi jamoani 2-o'rinda saqlab qoldi.


"Lacio" "Inter" bilan o'yinda irodali g'alabaga erishdi

Simone Indzagi uchun bu bellashuv o'ta muhim edi. Murabbiy yaqin o'tmishda Rim klubida ishlagani Italiya futboli muxlislariga yaxshi malum. "Inter" o'yinni ancha faol boshladi va 12-daqiqada Barella jarima maydonchasida yiqitildi. Ivan Perishich darvozabonga imkon qoldirmadi. "Burgutlar" darhol javob berishlari mumkin edi. Bashichning zarbasidan keyin Xandanovich jamoadoshlari joniga oro kirdi. Bo'lim oxirida "Inter"da vaziyat bo'ldi, Perishich uzoq masofadan kuchli va aniq zarba berdi, goldan esa Reyna qutqarib qoldi. 

Asosiy voqealar esa ikkinchi bo'limda yuz berdi. Avvaliga faollik "Inter" tomonda edi, ammo keyin "Lacio" ustunlikni o'z tomoniga og'dirib oldi. Bastoni jarima maydonchasida beo'xshov harakatni amalga oshirdi, CHiro Immobile penaltini unumli amalga oshirdi. Lautaro Martines epizodlardan birida maydonga quladi, Felipe Anderson hech nima bo'lmagandek "yo'lida davom etdi", hakam ham o'yinni to'xtatish haqida o'ylamasdi. Natijada vaziyat Immobilening zarbasigacha etib bordi va Anderson qaytgan to'pni darvozaga joylab qo'ydi. SHundan so'ng janjal boshlandi. "Inter" agressiyasini kerakli tomonga yo'naltira olmadi. Natijada, Milinkovich-Savich jarima zarbasidan uzatilgan to'p uchun kurashda SHkrinyardan kurashda ustun keldi va yakuniy hisobni o'rnatdi. O'yin hali uzoq eslanadi, muhokama qilinadi, biroq bu natijani o'zgartirmaydi. "Inter" endi "Napoli"dan 7 ochkoga ortda qolmoqda.


"Napoli" etakchilikni saqlab qolmoqda

Ilk daqiqalardanoq "Napoli" terma jamoalar o'yinlari tufayli bo'lgan tanaffus jamoaning maqsadlarini o'zgartirmagani va hamon ulkan ishtiyoq bilan oldinga intilayotganini isbotlashga kirishdi. Osimxen o'ta faol edi va bazan yakka o'zi raqib darvozasiga tahdid solardi. Uning o'zida ikkita yaxshi imkoniyat yuzaga keldi, biroq har safar aniqlik etishamsdi. "Napoli" bosimi oxiri samara keltirdi va Di Lorenco jarima maydonchasida yiqitildi. To'p oldiga Insine yaqinlashdi, ammo shu qadar kuchsiz zarba berdiki, Milinkovich-Savich to'pni egallab oldi. "Torino" esa tanaffusgacha aytarli vaziyat yarata olmadi.

Ikkinchi bo'lim startida Di Lorenco yana diqqat markaziga chiqdi. Bu safar u Insinening uzatmasidan keyin to'pni darvozaga aniq yo'lladi, ammo takroriy lavhadan keyin hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi. "Napoli"ni bu holat to'xtatmadi va "buqalar" darvozasiga bosim davom ettirildi. Osimxen faol, Lozano darvoza ustunini nishonga oldi, Insine uzoq masofadan bir-ikki omadini sinab ko'rdi. Takidlash lozim, "buqalar" ham o'z imkoniyatiga ega bo'ldi, neapolliklar himoyasi Brekaloni etibordan chetda qoldirdi, lekin Ospina jamoasiga pand bermadi. Natijada, "buqalar" hujumga o'tishda faollashganda gol o'tkazib yubordi. "Napoli"ning ideal tarzda boshlangan hujumida to'p oxir-oqibat Osimxenga borib tushdi va hujumchi "Napoli"ga bu safar ham g'alaba keltirdi.

SHuningdek, "Veneciya" A Seriyadagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi, "Jenoa" va "Sassuolo" murosa ko'chasini tanlashdi, "Speciya" esa "Salernitana"ni engdi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика