So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  280 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

APLning unutilgan 10 nafar qahramoni Yangiliklar

APLning unutilgan 10 nafar qahramoni

Tarix tomonidan adolatsiz ravishda unutilgan o'yinchilar.

Angliya Premer-ligasi bizga Krishtianu Ronaldu, Terri Anri va Luis Suares kabi ulkan qahramonlarni taqdim etdi. Ammo ko'pchilik futbolchilar maydonda ko'rsatgan mahoratlariga qaramay, unchalik esga olinmaydi. Bugun biz ko'p narsaga loyiq bo'lgan, biroq etarlicha etirof etilmagan yulduzlarni eslashga harakat qilamiz. 

1. Mustafo Hoji

Afrikada 1998 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Mustafo Hoji ko'proq shon-sharafga loyiq edi. U Premer-ligaga 1999 yilda kelgan, uni etakchi klublar emas (aslida shunday bo'lishi kerak edi), balki kamtarona, lekin ishtiyoqi baland "Koventri Siti" o'z safiga chorlagan.

Hoji "Xayfild Roud"da darhol muxlislar yoqimtoyiga aylandi va bu mantiqan to'g'ri, chunki marokashlik deyarli yakka o'zi jamoasining hujum chizig'ini mamlakatdagi eng zo'ri safiga qo'shdi. Uning yordami bilan "Nyukasl", "Aston Villa" va "Arsenal" ustidan eng muhim g'alabalarga erishildi. U 33 o'yinda 6 ta gol urdi. Ha, raqamlar hayratda qoldiradigan darajada emas. "Koventri" APLdan tushib ketmasligi uchun zamin hozirlashga faqat u qodir edi. Afsuski, "edi", lekin bunday bo'lib chiqmadi.

Uning klubi CHempionshipga tushib ketganidan so'ng, Hoji "Aston Villa"ga ko'chib o'tdi, ammo u boshqalarning fonida asta-sekin ko'rinmay keta boshladi.

2. Brayan Roy

90-yillarda APL ko'p madaniyatli maskanga aylandi va butun legionerlar armiyasi Angliyaga quyilib keldi. Hamma Erik Kantona va Yurgen Klinsmanni yaxshi eslaydi, ammo niderlandiyalik Brayan Royni unchalik emas.

Forvard sifatida ham o'ynagan tezkor vinger Roy 1994 yilgi jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasining bir qismi bo'lgan va bitta gol urgan. U o'z o'yini bilan ko'pchilikni hayratga soldi va tez orada "Fodja"ni "Nottingem Forest"ga almashtirdi.

Royning bu shartnomasi uning hayotini o'zgartirdi: u Sten Kollimor, Stiv Stoun va Yan Uon bilan chiroyli o'yin ko'rsatdi. Murabbiy Frenk Klark bunday tarkib bilan APLga bezak berdi.

Roy mavsum davomida 37 o'yinda 13 ta gol urdi, "Forest" 3-o'rinni egalladi – bu haligacha chempionat debyutanti uchun eng yaxshi natija.

1995 yilda Kollimor "Liverpul"ga o'tdi, ammo Roy "Siti Graund"da qoldi. U bu erda gol urishni davom ettirdi va "Forest" uning yordamisiz UEFA Kubogining chorak finaliga yo'l olmagan bo'lardi.

Uning Angliyadagi faoliyati 1997 yilda "Gerta"ning taklifini qabul qilganida yakuniga etgan.

3. Din Eshton

2000-yillarning eng yaxshi ingliz hujumchilari haqida gap ketganida, darhol Ueyn Runi, Darren Bent, Jermeyn Defo va Piter Krauch yodga tushadi. Bu ro'yxatga Din Eshton qo'shilishi mumkin, u "Norvich"ga kelguniga qadar "Kru Aleksandra" tarkibida 177 bahsda 74 ta to'p kiritgan.

Din "Kerrou Roud"da dastlabki daqiqalardanoq yoqimtoyga aylandi – albatta-da, chunki u darhol gol urgandi. Ammo tez-tez bo'lib turadigan voqea sodir bo'ldi, hatto uning 7 ta goli ham "kanareykalar"ni quyi ligaga tushib ketishidan saqlab qola olmadi.

2006 yil yanvar oyida u 7 million funt evaziga "Vest Xem"ga o'tdi. U erda 16 uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol uradi. SHuningdek, o'z jamoasiga Angliya Kubogi finaliga chiqishda yordam beradi va gol ham uradi.

O'sha yili Eshton Angliya terma jamoasiga chaqirildi, biroq dahshatli jarohat uni butun mavsumga safdan chiqardi. Aslida, bu uning haqiqiy yulduzga aylanmaganligining asosiy sababi hisoblanadi. Keyinchalik Din bor-yo'g'i 26 yoshida faoliyatini tugatishiga to'g'ri keldi, ammo u hali ham "bolg'achilar" muxlislari uchun qahramon bo'lib qolmoqda.

4. Michu

Michuni ko'pincha, bir mavsumlik futbolchi deb atashadi, ammo u "Suonsi"da juda yaxshi o'ynagani bois muxlislar uni aslo unutmaydilar.

Ispaniyalik Uels klubiga 2012 yilda "Rayo Valekano"dan atigi 2 million funt evaziga kelib qo'shilgan. U La Ligada allaqachon 15 ta gol urgan, shuning uchun undan ko'p narsa kutilgan edi. Michu 2012-13 yilgi mavsumda 18 ta gol urdi – undan yaxshiroq ko'rsatkichga faqat Robin van Persi, Luis Suares, Garet Beyl va Kristian Benteke ega edi. U mavsumdagi birinchi gol muallifi bo'lgani bilan birgalikda, Liga Kubogi yarim finali va finalida ham gol urgan edi.

"Suonsi"da yilning eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan Michu "Tottenxem" va "Liverpul"ning transfer maqsadiga aylandi. "Suonsi" "sovchilar"ni qo'rqitish uchun o'z yulduziga 35 million funt sterling qiymatidagi narxni belgiladi.

Afsuski, hammasi barbod bo'ldi. Yangi mavsumda jarohatlar uning ikkitadan ko'p gol urishiga to'sqinlik qildi va u keyinchalik "Napoli"da ham hech narsa qila olmadi. Hozirgi kunda uni deyarli hech kim eslamaydi – albatta, janubiy uelslik muxlislardan tashqari. 

5. Rob Li

Ajablanarlisi shundaki, Premer-ligada 280 marta maydonga tushib, 34 ta gol urgan futbolchi umuman unutilgan. Rob Li bir paytlar "Nyukasl"ning haqiqiy yulduzi sanalgan.

Li "Nyukasl"ga APL tashkil etilishidan oldin qo'shilgan. Jamoa aynan uning gollari evaziga turnir jadvalining uchinchi pog'onasidan joy egalladi.

Li 1994-95 yilgi mavsumda 14 ta gol urdi. U "noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi"ga aylandi. Tez orada esa Angliya terma jamoasidan chaqiruv oldi. Li "Nyukasl" tarkibida sardor sifatida olti mavsum harakatlandi.

Li 40 yoshida futbol bilan xayrlashdi.

6. Jon Karyu

Jon Karyu faoliyati davomida ko'p jamoalarda o'ynagan – uning nomi "Valensiya", "Roma" va "Lion" muxlislari yodida. Biroq u aynan "Aston Villa"da eng ko'p uchrashuv o'tkazgan – 131 ta.

Karyu juda zo'r to'purar bo'lmagan bo'lsa-da, har doim mashhur bo'lib kelgan. Ulkan hujumchi birinchi mavsumida 13 ta gol urib, oltinchi o'rinni egallagan birmingemliklar to'purariga aylangan.

Norvegiyalik faol tarzda gol urishni davom ettirib, uch marta klub to'purari bo'lishga erishgan (15 va 17 ta gol).

Afsuski, jarohatlarga moyil futbolchi 2010 yilda yana jarohatga yo'liqdi. Karyu maydonda borgan sari kam ko'rina boshladi va hamma u haqida gapirishni to'xtatdi. Hatto "Stok Siti"ga o'tish ham unga yordam bermadi va shundan so'ng, unda faqat futbolni tark etish varianti qoldi, xolos.

7. Patrik Berger

Biz Bergerni birinchi navbatda Evro-1996 tufayli eslaymiz, u erda yosh va yorqin CHexiya terma jamoasi porlagan edi. CHexlar finalgacha etib borib, nemislarga yutqazishgandi.

O'sha tarkibda Patrik Bergerning o'rni sezilarli edi: hujumkor yarim himoyachi Dortmundning "Borussiya"sida allaqachon o'zini ko'rsatgan edi, biroq hamma "Liverpul"ga o'tgandan so'nggina u haqida gapira boshladi.

Uning debyuti chakki chiqmadi: Berger "qizillar"ning falsafasiga juda mos tushdi. U "Liverpul" uchun 9 ta gol urdi. 1996 yilning sentyabr oyida uni Premer-ligada "oyning eng yaxshi futbolchisi" deb topishdi. 

Berger "Liverpul"da 2003 yilgacha o'ynadi. U har doim ham asosiy o'yinchi sanalmas edi, lekin statistika yolg'on gapirmaydi: u "qizil rang"da 200 ga yaqin uchrashuv o'tkazdi va Angliya Kubogi hamda UEFA Kubogini yutdi.

Berger jarohati tufayli 2003 yilda "Enfild"ni tark etdi, ammo u APLda qolib, "Portsmut" va "Aston Villa" safida harakatlandi. Angliyada 12 mavsum o'tkazdi, lekin u haqida hech kim gapirmaydi. Bu qanaqasi?

8. Olive Dakur

"Lids Yunayted" — 90-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlaridagi afsonaviy jamoa. Qancha istedod, qancha ishtiyoq! CHempionlar Ligasi yarim finalchisi Angliyaning eng yaxshi jamoalaridan biriga aylanishni niyat qilgan edi, ammo buning o'rniga pastga tushib ketdi. Biroq bu Jonatan Vudgeyt, Garri Kyuell va Alan Smitning obro'siga tasir ko'rsatmadi. Negadir hech kim Olive Dakurni eslamaydi.

Tinib-tinchimas va mehnatsevar yarim himoyachi avvaliga "Everton"da o'ynagan, ammo turli mojarolardan so'ng, Liga 1'ga o'tib, keyin yana APLga qaytgan, "Lids" u uchun 7 million funt ajratgan.

Dakur Li Boyer va Devid Betti bilan birgalikda chinakamiga porladi. Dakurning yordami bilan CHempionlar Ligasi yarim finaligacha chiqish nasib qildi, ammo murabbiy O'Lirining chetlatilishi uning maqomiga tasir qildi. Yangi bosh murabbiy Terri Veneybls bilan kelishishni imkoni bo'lmadi va u 2003 yilda "Roma"ga o'tdi. 2008-09 yilgi mavsumda APLga qisqa vaqtga qaytdi, ammo deyarli hech kim buni sezmadi ham, afsus.  

9. Yon Arne Riise

Garchi "Liverpul" hozirgisi kabi kuchli bo'lmagan bo'lsa ham, "qizillar"ning 2000-yillarning o'rtalaridagi parvozini inkor etib bo'lmaydi. "Liverpul" Jerar Ule va Rafael Benites boshchiligida Angliya Kubogi va CHempionlar Ligasi qatori ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi. Va o'sha paytda asosiy qahramonlardan biri – norvegiyalik Yon Arne Riise edi.

Himoyachi va vinger "Liverpul"ga atigi 4 million funtga tushdi va u darhol o'ynab keta oldi. Debyut mavsumida 7 ta gol urdi, shu jumladan, "Arsenal" va "Manchester Yunayted"ga.

Riise olti mavsum davomida almashtirib bo'lmas o'yinchi edi va muxlislar uni shunchaki sevishardi. Ayniqsa, uning standartlarda qo'l keladigan juda kuchli zarbasi mashhur edi.

Maqomga qaramay, jamoaga Fabio Aurelioning kelishi uning bazadagi o'rnini xavf ostiga qo'ydi. Ko'p o'tmay, norvegiyalik "Roma"ga o'tishga rozilik berdi.

Riise 2011 yilda "Fulxem" futbolchisi sifatida APLga qaytdi va u erda uch mavsum o'tkazdi. U Angliyada umumiy 321 uchrashuvda qatnashgan va 21 ta gol urgan.

10. Georgiy Kinkladze

Hozir "Manchester Siti" dunyoning eng kuchli klublaridan biri, ammo 90-yillarda bunday bo'lmagan. "SHaharliklar" 1996-yilda shov-shuv ko'tarib, APLdan tushib ketishgan va muxlislar o'sha paytlarni eslashni yoqtirmaydilar. O'sha davrlarning ham ijobiy, eslashga arzigulik tomonlari bor – masalan, Georgiy Kinkladze, haqiqiy afsona.

Gruziya terma jamoasining yulduzi "Siti" uchun 2 million funtga tushdi. Kamdan-kam odamlar uning ushbu tarkibda eng zo'r ekanligi borasida bahslashishi mumkin.

Kinkladze ingliz tilini umuman bilmas edi, biroq bu uning maydonda mo'jizalar yaratishiga xalaqit bermasdi. U yarim himoyada qirol edi va uning "Sautgempton"ga urgan goli hanuzgacha liga tarixidagi eng zo'rlaridan biri hisoblanadi.

U Premer-ligada juda oz vaqt, shunchaki bir mavsum o'tkazgani bois kam eslanadi. "Siti" "uchib ketdi", ammo Georgiy ketishga shoshilmadi. U "Meyn Roud"da qoldi, buning uchun muxlislar undan juda minnatdor bo'lishdi.

"Siti"ning taniqli muxlisi Noel Gallaxer Georgiy Kinkladzeni klub tarixidagi eng buyuk futbolchi deb biladi va u bilan bu borada bahslashishning iloji yo'q.


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика