APLning taniqli hakamlaridan biri mast holda Liverpulni haqoratlagani uchun o'yinlardan chetlatildi
12 noy 08:12
Yangiliklar
APLning taniqli hakamlaridan biri mast holda Liverpulni haqoratlagani uchun o'yinlardan chetlatildi
APL o'yinlarini boshqaradigan hakam Devid Kutning Liverpul jamoasi hamda klubning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Kloppni haqoratlagan videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
SHundan so'ng Angliya hakamlar qo'mitasi (PGMOL) bu borada shoshilinch qarorini elon qildi.
Videoda bosh hakam Devid Kut do'stlari davrasida Kloppni «ahmoq», «Liverpul»ni esa «chiqindi» deb atagan.
Angliya hakamlar qo'mitasi (PGMOL) videoga darhol reakciya bildirdi va ushbu hakam bu boradagi tekshiruv ishlari nihoyasiga etgunga qadar futbol uchrashuvlarini boshqarishdan chetlatilgani haqida elon qildi.
Malumot uchun, Kutning APLdagi so'nggi uchrahsuvi «Liverpul» -«Aston Villa» (2:0) bo'lgan.
Fikrlar