APLning yetakchi klublari Grizmann uchun kurashadi

Sherzod Nurmatov
13 iyul 2021, 19:39
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann Angliya klublaridan takliflar olmoqda.

Manbaning xabar berishicha, "Manchester Siti" ortidan 30 yoshli futbolchi uchun kurashga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" ham qo'shilgan.

Fransiyalik o'yinchining o'zi "Atletiko"ga qaytishni xohlamoqda, ammo "ko'k-anorranglilar" La Ligadagi raqobatchisi kuchayishini istamayapti.

Grizmann o'tgan mavsumda "Barsa" uchun 51 o'yin o'tkazib, 20 ta gol urdi va 13 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Express