APLning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi malum bo'ldi
10 jan 2020 17:01
Yangiliklar


APLning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi malum bo'ldi
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold APLning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bu mukofot 21 yoshli ingliz futbolchisining faoliyatidagi birinchisi bo'ldi.
Trent dekabr oyida 5ta o'yin o'tkazib, 1ta gol va 3ta assistga erishdi.
Mukofot uchun Trentdan tashqari quyidagilar raqobatlashayotgan edi:
Emiliano Buendiya («Norvich») - 7ta o'yin, 2ta assist
Dominik Kalvert-Lyuin («Everton») - 7ta o'yin, 5ta gol
Kevin De Bryoyne («Manchester Siti») - 6ta o'yin, 3ta gol va 3ta assist
Ben Foster («Uotford») - 6ta o'yin (3ta quruq o'yin)
Denni Ings («Sautgempton») - 6ta o'yin, 5ta gol
Adama Traore («Vulverxempton») - 7ta o'yin, 2ta gol va 1ta assist
Jeymi Vardi («Lester») - 6ta o'yin, 5ta gol
O’xshash yangiliklar

Fikrlar